Bolalarning kun tartibiga gigiyenik talablar


Download 18.43 Kb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1443290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALARNING KUN TARTIBIGA GIGIYENIK TALABLAR

Tanani parvarish qilish.
Tanani parvarish qilish birinchi navbatda teri va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishdan iboratdir.
Teri parvarishi quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- qo‘l, yuz, bo‘yinni, tananing yuqori qismini har kuni ertalab sovunlab yuvish;
-trenirovka mashg‘ulotidan keyin iliq dush qabul qilib, badanni quruq sochiq bilan ishqalab artish va tana muskullarini uqalash (massaj qilish);
-haftada 1 marta hammom, vanna, dushda cho‘milish (sovun va mochalka bilan);
-cho‘milgandan keyin badanni quruq sochiq bilan yaxshilab artib, toza ich kiyim kiyish.
Qo‘lni parvarish qilish, ayniqsa muhim gigiyenik ahamiyatga ega. Chunki, odam qo‘li bilan transport vositalarini, turli buyumlarni ushlaydi, boshqa odamlar bilan qo‘l berib so‘rashadi. Bular tufayli qo‘lga har xil kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yuqishi mumkin. Ayniqsa, tirnoq ostida mikroblar ko‘p bo‘ladi. Shu bois, har bir ishni bajargandan keyin, trenirovkadan oldin va keyin qo‘lni sovun bilan yuvish, shuningdek, ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvishga odatlanish zarur.
Oyoqlarni parvarish qilish. Har kuni uxlash oldidan oyoqlar issiq suvda sovun bilan yuviladi. Paypoqlar tez-tez almashtiriladi.
Epidermofitiya – bu oyoq panjalari orasida paydo bo‘ladigan yuqumli zamburug‘li teri kasalligidir.
Belgilari: barmoqlar orasida qichish, achishish, terining qizarishi, po‘st tashlashi, pufakchalar hosil bo‘lishi bilan xarak-terlanadi.
Zamburug‘lar dush xona polidan, boshqa bolaning paypog‘i, poyabzalidan yuqishi mumkin. Kasallikning oldini olish uchun boshqalarning paypog‘i, poyabzali, sochig‘idan foydalanmaslik, oyoqlarni sovunlab yuvish va barmoq oralarini quruq, toza sochiq bilan artish kerak.
Terining yiringli kasalliklari (piodermiya).
Terida yiringli toshmalar, yaralarning paydo bo‘lishiga sabab shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik, har hafta hammomda cho‘milmaslik, ichki kiyimlarni muntazam almashtirmaslik, terining ishqalanishi, kiyimlari va anjomlarining toza bo‘lmasligi.
Terining yiringli kasalliklarining oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, ichki kiyim, poyabzalning toza bo‘lishini ta’minlash.
Terinining qirilishi, tilinishi va boshqa mayda jarohatlariga shu paytning o‘zidayoq yod yoki brilliant ko‘ki surtish, bular bo‘lmaganda spirt, odekalon surtish.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling