Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika
IV. Mashg`ulotning borishi
Download 386 Kb.
|
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika
IV. Mashg`ulotning borishi
Bu punktda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg`ulothaqida batafsil yoziladi. Mashg`ulotning borishi qismlarga bo`linadi. SHularning hammasini qisqa, aniq va ko`chirma gaplarsiz yozish kerak. 1. Mashg`ulotning nomi: elementar matematika. 1. Bolalar nut?ida "ko`p", "bitta-bittadan", "birorta ham" so`zlarni qo`llanilishini shakllantirish vа aktivlashtirish. 2. Programma mazmuni: Bolalarni ayrim predmetlarni gruppadan ajratib olishga va ayrim predmetlardan gruppa tuzishga o`rgatishni davom ettirish, gruppadagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo`lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o`rgatish; bolalar nutqida "ko`p", "bitta", "bittadan", "birorta ham" so`zlarni qo`llanilishini aktivlashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash. Ill. Ko`rgazmali material: O`yinchoqlar: gruppadagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha. IV. Mashg`ulotning borishi: 1 qism: Bolalarni archachalarning ko`pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so`rayman, ulardan javob olgan har bir bolani bittadan archachа olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini so`rayman.Hammalari archachalarni olib bo`lganlaridan so`ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini " ta`kidlayman va bolalarga archachani ko`zdan kechirishni taklif qilaman. Bolalardan archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib so`rayman, so`ng umumlashtiraman. Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha qolmaganligini ta`kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. SHundan so`ng hamma bolalarga bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo`yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo`yganligini so`rayman. SHundan so`ng archalar ko`payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko`pligini aytib yakunlayman. 2 qism: Bunda xuddi shunday mashqni quyonchalar bilan o`tqazib, bolalarni gruppadagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko`ra bilishga o`rgataman. Ulardan archacha vа quyonchalar rangini so`rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling