Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika
Download 386 Kb.
|
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
- Matematika mashg`ulotlarini rejalashtirish
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika REJA: Kirish 1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida matematika bo`yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilishning ahamiyati. 2. Matematika bo`yicha ishni rejalashtirish. 3. Kalendar rejaga qo`yiladigan talablar va hisobot. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbiga oid tayyorgarchiligiga bog`liq. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari ishini rejalashtirish va tashkил qilishsiz ish hal bo`lmaydi. Matematika mashg`ulotlarini rejalashtirish Matematika mashg`ulotlari ham boshqa predmet mashg`ulotlari kabi kalendar planda rejalashtiriladi. Ba`zi paytlarda tarbiyachining kalendar planidan tashqari, plan konspekti ham tuziladi. qanday paytlarda? - qanday maqsad bilan? Kalendar plandan konspektning farqi nima? Mashg`ulotkonspekti batafsil yoziladi, ba`zi paytlarda tarbiyachi qiladigan ish so`zma - so`z yozilib, ko`chirma gaplar va bolalarning ismlari, ham keltirib yoziladi. Konspekt yozish va konspekt bilan mashg`uloto`tish tarbiyachi uchun ancha oson bo`ladi. Ammo, tarbiyachilar bolalar bog`chasida ko`pincha o`zlari tuzgan planlar bilan mashg`ulotlarini o`tkazadilar. SHuning uchun ham tarbiyachilar konspektdan ham avval plan yozishni, uni tuzishni o`rganishlari kerak. Tarbiyachilar matematika mashg`ulotlarni faqat o`z gruppasidagina emas, balki boshqa gruppalarda o`tkaziladigan mashg`ulotlarni ham programma mazmunini bilishlari kerak. Yilning boshida ikkala tarbiyachi ham matematikadan, mashg`ulotlarni planlashtirishi juda muhim. Mashg`ulot konspektining taxminiy sxemasi I. Mashg`ulotning nomi. II. Programma mazmuni. III. Oldindan olib boriladigan ish. /Bolalarning bilim darajalarini bilish/ IV. Mashg`ulotga tayyorlanishi. V. Bolalarni tashkil qilish, mashg`ulotning borishi, metodik usullar /bular hammasi birgalikda yoziladi/. SHuningdek, tarbiyachilarning nutqi bu erda juda katta ahamiyatga ega. Uning nutq madaniyati va savodi, ravon va aniq, muloyim va sodda, aniq, qisqa tushuntiradigan, to`g`ri savol bera oladigan, u ko`p bo`lmasdan aniq savollar berib, qo`yilgan vazifaga to`lik javob oladigan bo`lishi kerak. Har bir bola bilan mashg`ulotdan tashqari vaqtlarda ham yakkama- yakka ish olib borishi zarur. Matematika mashg`ulotlarida olgan bilimlarini boshqa mashg`ulotlarda mustahkamlab borishi kerak. Bolalar bog`chasi dasturi malakali tarbiyachilarga moslab tuzilgan. Ammo dastur - bu darslik emas. U bilan ishlashni o`rganish va bilish kerak. Undan keyin shu planga qarab 2 qaftalik mashg`ulotlar plani tuziladi. Lekin shunday narsalarga e`tibor qilish kerak: 1. Hamma va ayrim bolalarni bilish darajalarini. 2. Programma vazifalarini 3. Ko`rgazma qrollar qancha borligini bilish va qanday materiallarni tayyorlash kerakligini e`tiborga olish kerak bo`ladi. Lekin aniq mashg`ulot planini umumiy sxemaga aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o`tib, mashg`ulotning qismlarini ko`rsatishi noto`g`ri. Mashg`ulot planini mashg`ulot konspektiga o`xshatish ham kerak emas. Matematikadan mashg`ulotlar plani aniq tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani biladigan boshqa tarbiyachi ham bu plandan foydalanib mashg`ulot o`tkazishi mumkin bo`lishi kerak. Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan planlarni, konspektlarni ko`chirish bilаn shug`ullanadilar. Bu albatta, unga katta zarar keltiradi. Bunday tarbiyachi hech qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo`l qo`yadi. Plan tuzishning taxminiy sxemasi 1. Mashg`ulotning nomi: Bu punktda uchraydigan xatolar: A) mashgulot nomi o`rniga uning nomeri yoki didaktik o`yin nomini yozib qo`yadilar, bu noto`g`ri hisoblanadi. 2. Programma mazmuni: Bu punktda biz nimalarni o`rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda berilishini yozamiz. Undan keyin ishimizga qo`yilgan vazifalarni, maqsadimizni yozamiz. /Bundagi xatolar/ a) o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ifodalashda aniq so`z topa olmaslik, ko`pincha tarbiyachilar "o`rganishi" deb yozadilar, bu noto`g`ri, chunki /faqat bir mashg`ulotda bolani o`rgatib bo`lmaydi. SHuning uchun boshqaso`zlarni ishlatish lozim. Ya`ni, tanishtirish, ko`rsatish, mustahkamlash, mashq qilish kabilar/. SH. Ko`rgazmali materiallar: Bu punkgda metodik usullar yozilmaydi. Planda mashg`ulotga kerakli ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling