Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika


Pedagogik ishning hisoboti va analizi


Download 386 Kb.
bet3/11
Sana17.02.2023
Hajmi386 Kb.
#1204804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalarning matematik rivojlanishidagi robototexnika

Pedagogik ishning hisoboti va analizi

Hayot gruppadagi ta`lim tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Mashg`ulotaniq bolalar va alohida olingan har bir bola programma materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma uddaladimi, kim uddalay olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan harakatlarning qanday individual programmasini mo`ljallash, yo`q bo`lgan va orqada qolgan bolalarga etishib olishlarida qanday yordam berish, mashg`ulotda boallarning aktivligi qanday bo`lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari, xotiralari, idroklarida qanday siljishlar tashlanganligi, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta`lim tarbiya jarayonini o`stiruvchi hamda tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi.


Bolalrning yutuqlari maksimal darajada ob`ektiv baholanishi kerak, chunki haqiqiy ahvolni analiz qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin ta`lim va tarbiya berish usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. SHuning uchun tarbiyachi faqat o`zining taasurotlariga asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati (rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu kabilar)ning natijalaridan foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar va nima egallanmaganligi albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarini o`stirish va ularga savod o`rgatish mashg`ulotlaridagи faoliyatlarini analiz qilishda bolalarning predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining sifati, ularning nutqiy ko`nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so`z yasash, so`zni o`zgartirish malakalari, so`zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu kabilarga e`tibor berish zarur.
Bolaning ta`limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida ko`maklashish, alohida-alohida o`qitishni uyushtirishda va bolalarga individual yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak.
Umumiy ta`lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta`limiga doir ishlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi programmada bolalarning mehnati birinchi marta bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik gruppadan boshlaboq alohida bo`limga ajratilgan. SHuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko`nikma va malakalari, jamoa mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko`rish, ijobiylik va kamchiliklarni ob`ektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o`z mehnati mahsulini ko`rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling