Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan


Download 45.53 Kb.
bet2/9
Sana22.02.2023
Hajmi45.53 Kb.
#1219914
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kitob

Mehr izlab

Mehr bilan keldik dunyoga,


Nega endi uni unutdik.
Qahrni qo’ydikmi o’rniga,
Har qadamda qahrli bo’ldik.

Shirin so’zni qildik-ku kanda,


Yomon so’z og’ir botarkanda.
Aytilgan so’z otilgan o’qlar kabi,
Qaytib olib bo’lmas ekanda.

Shirin so’zla munavvar olam,


Shuni hech kim bilmas ekanda.
Kimda kim bilsa ham baribir,
Qo’rquv juda kuchli ekanda.

Mehr izlab dunyoni kezdim,


Lek o’rniga qahrni topdim.
Shirin so’zga bo’lganda muxtoj,
Faqat yaqinlarimdan topdim.

Kimda mehr bo’lsa aytinglar,


Barin bering mehrsizlarga,
Mehr bering qalbi muzlarga,
Mehr ila muzni eriting.

Mehrni ham Olloh bergan-ku,


Ozgina bo’lsada ko’rsating!



Bugun o’zgaribdi, ba’zi odamlar!

Ko’rishganda yo’qdir salomlar,


To’g’ri yo’lda yurmas qadamlar.
Afsus ko’rib, yurak g’ashlanar,
Bugun o’zgaribdi,ba’zi odamlar!

Iymoni sust,qoraygan qalblar,


Chang bosib ketdi, u kitoblar.
Jaholatga yo’l olayotgan,
Bugun o’zgaribdi, ba’zi odamlar!

Ona qolib qizlarga, tutilgan gullar,


Oxiri qorong’u, bu egri yo’llar.
Kimni ko’zlarini, ko’r qildi pullar,
Bugun o’zgaribdi, ba’zi odamlar!

Katta-yu kichikni hurmat qilishmas,


Qadr nimaligin also bilishmas,
Osmonlarda yurib yerga intilmas,
Bugun o’zgaribdi, ba’zi odamlar!

Ezgulikka burilsin o’sha insonlar,


Yuraklarda qolmasin dard-u alamlar.
Jaholatdan yiroqlashib, yaxshilik sari,
O’zgarishsin o’sha, ba’zi odamlar!

O’z qadringiz bilib yuring

Hayotdan bahra oling,


Har dam siz kulib yuring.
Qadrlang, hurmat qiling,
O’z qadringiz bilib yuring!

Mehr bering, yaxshi ko’ring,


Hurmatda bo’lib yuring.
Sizni ham hurmat qilishsin,
O’z qadringiz bilib yuring!

Qalblarni hech ranjitmang,


So’ng also ranjimaysiz.
Siz barchani qadrlang,
Shu on qadr topasiz.

Yurak amriga bo’ysunib,


Yaxshiliklar qilib yuring.
Eng yaxshi inson bo’lib,
O’z qadringiz bilib yuring!



Shukr qilaylik

Ertalab ko'zlarimiz ochganda


Yuragimiz urganin sezganda
Qalbimiz baxtga to'lganda
Barchasiga shukr qilaylik

Oilamiz yonimizda bo'lganda


Borida qadriga yetaylik
Ko'zlarimiz quvonchga to'lganda
Barchasiga shukr qilaylik

Yaxshilar davrasida turibmiz


Qadrladik,qadrli bo'ldik
Iymonimiz yo'qotmay yuribmiz
Barchasiga shukr qilaylik

Ilmimiz ziyoda bo'lmoqda


Harakat-da davom etaylik.
Yaxshi kunlar bizni kutmoqda,
Barchasiga shukr qilaylik!


Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling