Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan
Sajdam yonida bo'lsaydi sajdang
Download 45.53 Kb.
|
Kitob
Sajdam yonida bo'lsaydi sajdang
Bir kun kelar, birlashar qalblar Arshga yetar balkim duolar Ko'nglim faqat bir narsa istar Sajdam yonida bo'lsaydi sajdang Mayli indamayin, bezovta qilmay Layli-u Majnunga taqlid ham demay Yagona Alloh qalbimiz bilgay Sajdam yonida bo'lsaydi sajdang Qur'on o'qib har tunlar bedor Ibodatga doimo tayyor Tahajjudlar o'qiymiz ko'p bor Sajdam yonida bo'lsaydi sajdang A'zon eshtsak titrab qalbimiz Bir birimiz ogoh etamiz Bir kun bo'lar birga sajdamiz Jannatlarga birga kiramiz Allahni ko'p eslatib har on Yo'l olgaymiz jannati tomon Robbimdan so'rayman mayli har nafas Sajdam yonida Sajdang bo'lsa bas! Bahor... Oppoq bulut, ochiq osmonni, Yam-yashillik, xushbo'y iforni, Gullarga burkangan olamni, Bahor seni juda sog'indim. Unutilmas sayohatlarni, Sharqirab oqqan soylarni, Go'zallashgan o'sha olamni, Bahor seni juda sog'indim. Sayrab hech tinmagan qushlarni, Uzoq,mayin esgan shamolni, Tuygim keldi maysa iforni, Bahor seni juda sog'indim. Kuttirishni sevdingmi sen ham, Ko'nglim istamoqda shu dam, Kayfiyatim ko'rardim baham, Bahor seni juda sog'indim. Senda bor edi o'zgacha tuyg'u, Yiroqlab ketardi hattoki qayg'u, Sensiz olam go'yo qorong'u, Bahor seni juda sog'indim. Yomg'irlaring artib yoshlarim, Senda huzur topardi qalbim, Yana takror aytaman so'zim, Bahor seni juda sog'indim. Yolg'izlik Bir xona bo'lsaki saroy chetida, Kimsasiz, qorong'u, bo'lsa tinchgina, Eshiklarin qulflab olib jimgina , Yolg'izlik bilan qolardim birga. Hech kimni ko'rishni istamay bir on, Qorong'u xonada yig'lardim yomon, Qalbim ham to'lgan ,ichimda ummon, Yolg'izlik bilan qolardim birga. Charchadim shu dunyo tashvishlaridan, Bo'htonlar, tuxmat-u yolg'onlaridan, Uzoqlarga ketardim shu insonlaridan, Yolg'izlik bilan qolardim birga. Saroy bo'lsa ekan odam zotisiz, Sukunat bo'lsada hech qayg'ularsiz, Ancha vaqt qolardim , chaqirmasangiz, Yuragim og'rigan eslamasangiz. Yolgizlik bilan birga qolardim O'tirib u bilan suhbat qurardim, Yaralangan mana shu mitti yuragim, Jazolash uchun ham yolg'iz qolardim.... Download 45.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling