Bolalik va o`smirlik davrlari


Download 27.18 Kb.
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi27.18 Kb.
#1054495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolaning o`sishi va rivojlanishi.

Skoliozning oqibati:

1.Odam qad-qomati buziladi.

2.O`pka, yurak faoliyati qiyinlashadi.

3.Jismoniy ish bajarganda nafas qisadi, yurak o`ynaydi, tez charchaydi, jismoniy ish bajarish imkoniyati pasayadi.



Skoliozni davolash: 1. Birinchi va ikkinchi darajali skoliozda davolash mashqlari qo`llanadi.

2.Uchinchi darajali skoliozda travmatologiya shifoxonasining maxsus ortopedik bo`limida gipeli krovatda yotadi, umurtqa pog`onasini qiyshaygan sohasiga maxsus korest kiyadi, davolash mashqlari bilan shug`ullanadi, suvda o`tkaziladigan mashqlarning samaradorligi yaxshi bo`ladi.

3.Skoliozning og`ir turida operatsiya yo`li bilan umurtqalar orasidagi disklar (tog`aylar)ning egriliklari to`g`rilanadi.Shuningdek, popoinatsiya qilinadi (umurtqalar orasidagi egrilangan disk (tog`ay)larga popain (ferment) in`yeksiya qilinadi).

Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi odam tashqi ko`rinishiga salbiy ta`sir ko`rsatishidan tashqari, ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi va odam jismoniy ish bajarish imkonini ma`lum darajada pasayishiga sabab bo`ladi.

Qad-qomat noto`g`ri shakllangan odam jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.

Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:

- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shak qalin va juda yumshoq, yostiqning baland bo'lishi bola umurtqa pog'onasining bo`yin, ko`krak, bel qismlaridagi egilishlarni miyoriga nisbatan ortiq bo`lishiga olib keladi.

- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o`n oylik bo`lgunicha oyog'ida uzoq vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, oyoqlari egrilanib qolishi mumkin.Natijada bunday bola katta bo`lganida, uning oyoqlari “O” smon shaklda bo`ladi (tik turganida ikki oyoq o`rtasida bo`shliq bo`ladi), yoki oyoqlari “X”smon shaklda bo`ladi (tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi, ammo son va boldir orasida bo`shliq bo`ladi);

- 4 - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli, umurtqa pog'onasi egrilanib qoladi;

- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og'ir buyumlarni ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo'ladi;

- bolalar bog`chada va maktabda bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti­rishi kerak. Uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda ham shu qoidaga amal qilish lozim;

- o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur:

- o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin;

- oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin;

- oyoq kaftining hamma yuzasi (tovoni va barmoqlari) polga baravar tegib tursin;

- ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo'lsin (qo`l kafti kengligida);

- stol (parta) ustidagi kitob va daftar bilan ko`z orasidagi masofa bolaning ikki qorachig`iga teng bo`lsin.Kattalarda bu masofa 40 sm bo`lishi kerak.

Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri, chiroyli bo'lib shakllanadi.




Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling