Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari (afx.) Teri Suyak va mushak sistemasi Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari Asab sistemasi Ichki sekretsiya bezlari Terining


Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari


Download 28.19 Kb.
bet2/10
Sana23.04.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1392080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Анатомия

Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari:Bolalar hamshirasining bu tizimni fiziologik va patologik o’zgarishini bilishi juda muhimdir, chunki ba’zi kasalliklarda: (sil, o.i.t.s, tepki kasalliklarda) yuzaga kelgan o’zgarishlarni ajrata olishi kerak.Bolalarda limfa tizimiga limfa tugunlari, limfoid follikulyar va limfoid to`qimaning diffuz to`plamlaridan tashkil topgan ayrisimon bez, taloq va limfatik bezlar kiradi. Chaqaloqlarda limfa tugunlari kattalarnikidan qiyosan kattaroq , birikturuvchi to`qima kapsulasi yupqa va nozik bo`lib, bo`lakchalari ichidagi to`siqlari deyarli bo`lmaydi. Limfa tugunla-rining rivojlanishi bolaning 12-13 yoshida tugallanadi. Jinsiy balog’atga etish davrida ko’pincha fiziologik ravishda qo’ltiq osti limfa tugunlari-qizlarda ko’krak bezlari rivojlanishida, chov sohasidagi limfa tugunlar ham shu davrda fiziologik ra-vishda kattalashadi, biroq, shifokor aralashuvisiz asli holiga qaytadi. Limfa tugunlari tananing qaysi sohalaridan limfa oqib kelishiga qarab joylashadi. 25-50% sog`lom bolalarda limfa tugunlarini bo`yinning oldi va orqasidan, qo`ltiq ostidan, chov sohasidan paypaslab topish mumkin. Ular yakka-yakka, kattaligi tariq donasidan yasmiq kattaligigacha keladigan yumshoq, harakatchan, bir-biri va atrofidagi to`qimalarga yopishmagan bo`ladi. Limfa tugunlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-organizm uchun himoya vositalari hisoblangan limfotsitlar ishlab chiqarish; - tugunga tushib qolgan zaharli moddalar, bakteriyalar va ularning toksinlarini zararsizlantirish; - tugunlardagi plazmatik hujayralardan antitelolar ishlab chiqarish. Ayrisimon bez (timus) oldingi ko`ks oralig`ining yuqori bo`limida joylashgan bo`lib, bolaning 8 yoshlarigacha rivojlanib faoliyatini ko`rsatib keladi va 9- 13 -15 yoshlariga kelib asta – sekin yog` to`qimasiga aylanib involyutsiyaga uchraydi. Ayrisimon bez limfopoetik, moddalar almashinuviga aloqador, immunologik va endokrin vazifalarini bajaradi. Bolalar talog`i ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, qon tomirlarga boy va biriktiruvchi to`qimasi sust rivojlangan. Uning asosiy vazifasi limfotsitlar hosil qilish, eritrotsitlar va monotsitlarni parchalashdan iborat.

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling