Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari (afx.) Teri Suyak va mushak sistemasi Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari Asab sistemasi Ichki sekretsiya bezlari Terining
Yurak- qon tomir tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Download 28.19 Kb.
|
2-Анатомия
Yurak- qon tomir tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Bola onasining qornida o’ziga xos ravishda qon aylanishga ega bo’ladi. Chunonchi, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko’rsatmaydi, yurakning chap va o’ng bo’lmachalari oval teshikcha orqali qo’shilgan, arteri-al hamda venoz (aransiy) tomirlari faoliyat ko’rsatayotgan, aorta yoyini o’pka arteriyasi bilan birlashtirib turgan arterial tomir (Botallov yoli) ochiq holda, bola barcha organizm uchun kerakli moddalar va kislorodni ona qonidan oladi. Bola tug’lganidan keyin, kin-dik bog’lanishi bilan,platsentar qon aylanishi o’z faoliyatini to’xtatadi, birinchi marta nafas olish natijasida kichik qon aylanish doirasi faoliyati boshlanadi, o’pka stvoli-dan qon o’tishi keskin kamayadi va puchayib qoladi, o’pkadan chap bo’lmachaga katta miqdorda qon kela boshlaganidan o’rtaga oval teshik klapani berkiladi, oqibatda, kichik qon aylanish doirasi bilan katta qon aylanish doirasi bir biridan tamomila ajraladi. Chaqaloqning yuragi qiyosan katta bo’lib, tana vazniga nisba-tan 0,8%ni tashkil etadi va u 20 -25gr.keladi. Yurak vazni bolalikning har xil davrida har xil o’sib boradi va 15-16 yoshga kelib, dastlabki vazniga nisbatan 11 marta ortadi va o’rtacha 240-250 gr. keladi. Chaqaloq-larda yurak biroz ko’ndalang va yuqoriroq joylashgan, emadigan va bolalarda oval, konussimon, sharsimon shaklda bo’ladi. 6 yoshlarga kelganda yurakning shakli katta yoshdagi kishilar yuragi shaklini, ya’ni cho’ziq oval shaklini oladi. Bolalarda arteriyalar venalarga nisbatan kengroq va sustroq, chaqaloqlarda esa qon tomirlarning devori nafis, egiluvchan va muskul to’qimasi zaifroq rivojlangan bo’ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bolalar yurak-qon tomir tiziminig fiziologiyasida ham o’ziga hos xususiyatlar mavjud ekanligini ko’ramiz. Ular quyidagilardan iborat: Bolalarda yurak urishi:puls kattalarnikiga qaraganda anchagina tez, ya’ni bola qancha yosh bo’lsa, puls sonlari ham shuncha ko’p bo’ladi. Chaqaloqda puls normada-140-160 tagacha 6 oylik bolada – 130-135 tagacha 1 yoshga to’lganda – 120-125 tagacha 6-yoshda – 90-95 tagacha 10 yoshida – 78-85 tagacha 13 yoshida-72-80 tagacha 15 yoshga to’lganda – 70-76 tagacha 1.Bolalar pulsi juda labil (tez o’zgaruvchan) bo’lib, tana vaziyatining o’zgarishi, jismoniy zo’riqishlar, chinqirish, yig’lash va boshqa ko’pchilik omillar ta’sirida odatdagidan tezlashib qoladi. 2.Sog’lom chaqaloq va emizikli yoshdagi bolalar pulsining aksariyat hollarda aritmik bo’lib turishi xarakterlidir. 3.Bolalarda arterial bosim kattalardagiga qaraganda pastroq bo’ladi. Chaqaloqlarning maksimal arterial bosimi o’rtacha 70-74 mm simob ustuniga teng bo’ladi, bola bir yoshga to’lganda esa 80-85 mm ga tenglashadi. 1 yoshdan oshgan bolalarning arterial bosimi V.I.Molchanovning 80 + (2x n) formulasiga binoan taxminan aniqlanadi. Bu yerda n – bolaning aniqlanayotgan vaqtdagi yoshini ko’rsatadigan son. 4.Bolada arterial bosim ham puls kabi labil bo’lib, yotganda, ayniqsa, uxlayotganda pasayadi, jismoniy zo’riqishlar va ruhiy kechinmalarda esa ko’tariladi. 5.Chaqaloqda qon organizmni katta yoshdagi kishilarga qaraganda ikki marta tez aylanib chiqadi. Chunonchi chaqaloqlarda bu ko’rsatkich 12 soniyani, 3 yoshli bolada 15 soniyani, katta yoshli odamda esa 22 soniyani tashkil qiladi. 6.Yurak zarbi ikki yoshgacha bo’lgan bolalarda 4chi, 2 yoshdan katta bolalarda esa 5chi qovurg’alar oralig’ida joylashadi. Jinsiy balog’atga etish davrida ko’pincha aritmiyalar(bradikardiya, taxikardiya), A/Bninig dam ko’tarilib, dam pasayib turishi, yurak- tomirlar sistemasida funktsional o’zgarishlar kuzatiladi. Bu davrdagi o’zgarishlar bundan tashqari asab, endokrin tizimlarga ham bog’liq. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling