Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari (afx.) Teri Suyak va mushak sistemasi Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari Asab sistemasi Ichki sekretsiya bezlari Terining


Download 28.19 Kb.
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1392080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Анатомия

Sezgi a’zolari- I.P.Pavlov sezgi a’zolari analizatorlar sistemasida perifirik yoki qabul qiluvchi qismini va bosh miya po’stlog’idagi o’tkazuvchi va markaziy qismni ajratib, ularni yagona sistema deb qaradi. Bu ta’limot bo’yicha sezgi a’zolari tashqi ta’sirni o’ziga qabul qiluvchi va ularni o’tkazish qismi orqali mqrkaziy qismga – katta yarim shar po’stlog’iga uzatuvchi perifirik qism(reseptorlar) hisoblanadi. Sezgi a’zolariga eshitish, ko’rish, ta’m bilish va x.k. kiradi.
Ko’rish-yangi tug’ilgan chaqaloqlar 1chi 3 xafta mobaynida ko’zini yopiq tutadi, bu xolat fiziologik yorug’likka qaray olmaslik deyiladi. Xayotining 3-5 xaftalarida ochiq yaltiroq buyumlarga qarashi 5 sekundgacha va xayotining ikkinchi oyi oxirida bir necha minutgacha boradi.Bola xayotining 1-2oylarida fiziologik g’ilaylik bo’ladi. Ikkinchi oydan boshlab bola buyumlarga qaraydigan va ular xarakatini kuzatib boradigan bo’ladi, uch oyda buyumga diqqat bilan qaraydi. Eshitish-yangi tug’ilgan chaqaloqlarda eshitish qobiliyati borligi aniqlangan.Bola xayotining ikkinchi xaftasida muayyan darajada tovushga ta’sirlanadi; qo’ng’iroqning uzoq vaqt jaranglashiga bola jim bo’lib to’xtab qoladi. Ikki oylikda bola gudokni qo’g’iroqdan ajratadi, sog’lom bola to’rt oylik bo’lganda tovushga qayrilib qaraydi, bir yoshgacha va undan sal kattaroq bolalar kattalar eshita olmaydigan past tovushlarni eshita oladi.Ta’m bilish–buni bola xayotining birinchi kunidayoq yahshi ajratadi. Xatto yeti oylik chala tug’ilgan chaqaloq ham ta’m bilishi yaxshi rivojlangan. Bola xayotining 4-5 oylikdan boshlab ta’m bilishi yanada rivojlanadi.
Hid bilish-yangi tug’ilgan chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan bo’lmaydi, xayotining birinchi oyidan boshlab o’tkir hidlarni sezadi holos( novshadil spirit, sirka kislotasi), faqatgina 7-8 oylaridan boshlab kuchsiz hidlarni ajrata oladi. Og’riq sezgisi-bola xayotining birinchi xaftalarida og’riqni sezishi bir muncha past bo’ladi. Barmog’iga igna sanchilanda bola qo’lini tortib oladi va unda umumiy bezovtalik ro’y beradi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda xaroratni sezishi yahshi rivojlangan, tashqi olamning bir muncha sovuq muhitida bola baqiradi, titraydi, rangi bo’zaradi, isitgich qo’yilgach tinchlanadi va terisi pushti rangga kiradi.

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling