Bolaning mavjud bilimini kundalik faoliyatda qo'llay olish qobilyati haqida ma’lumot bering reja
Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari
Download 87.12 Kb.
|
BOLANING MAVJUD BILIMINI KUNDALIK FAOLIYATDA QO\'LLAY OLISH QOBILYATI HAQIDA MA’LUMOT BERING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari
Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko‘nikmalar). Bolaning rivojlanish xaritasi3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaaritasi to‘ldiriladi Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi. 6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish Maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: maktabgacha ta’limmuassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. asoslari, tabiat hodisalari bilan tanishish, flora va fauna dunyosi, axloq me'yorlari va axloq me'yorlari haqida dastlabki g'oyalar - bolalar to'g'ri ma'lumot bilan ta'minlangan holda har qanday ma'lumotni olishga tayyor. Yosh maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishning yagona haqiqiy va qozongan g'alabasi 3-4 yoshdagi bolalar uchun o'yinlar. Download 87.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling