Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganish


Download 262.22 Kb.
bet10/17
Sana28.12.2022
Hajmi262.22 Kb.
#1012904
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang (2)

Botiq qilish - yassi tanavordan sirtqi konturi bo`ylab bort hosil qilishdan iborat.
Chetini qayirish - yassi tanavorning sirtqi konturi bo`ylab bort hosil qilish.
Bort chiqarish - teshik konturi bo`ylab bort hosil qilish.
Bo`rttirish (shakl berish) - havol tanavor ichidan teng taqsimlangan kuch ta‘sir ettirish yo`li bilan uning shakli yoki o`lchamlarini o`zgartirish.
Siqish - havol tanavorning ochiq uchi perimetrini kichraytirish.
Qiyshiq prokatlash yo`li bilan, asosan, choksiz quvurlar olinadi.
Qiyshiq prokatlashda bochkasimon jo`valar bir-biriga nisbatan malum burchak ostida joylashib, har ikkalasi ham bir tomonga aylanadi. Natijada tanavorga bir vaqtning o`zida ham aylanma, ham qaytma harakat beriladi. Prokat buyumlar, asosan, turli tuzilishidagi prokatlash shiyponlarida ishlab chiqariladi.
Ba‘zan turli listlardan oz miqdordagi yirik buyumlar tayyorlashda murakkab shtamplar ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, shuning uchun bunday hollarda shtamplashning oddiy usullaridan, masalan, rezina yordamida shtamplashdan foydalaniladi. Bunda matritsa yoki puanson o`rnida rezina yostiq ishlatiladi.
Pressiz shtamplash. Keyingi vaqtlarda pressiz shtamplash usullari (portlatish, elektr-gidravlik va b. ) ham sanoat miqyosida juda keng qo`llanilmoqda.
Ayniqsa, qalin list tanavorlardan turli buyumlar (detallar) hosil qilish uchun katta gabaritdagi mayda turkumli har xil portlovchi moddalar (trotil va boshqalar) ning portlash energiyalardan keng foydalanilmoqda. Bu usuldan, asosan, zanglamaydigan, yuqori mustahkamlikka ega bolgan polatlar, titanli va misli qotishmalardan detallar olishda foydalaniladi.
Mazkur usul juda tejamli ham samarali bo`lishi bilan birga, 10-14% gacha nisbiy uzayishga ega bolgan metall va qotishmalardan turli buyumlar (detallar) ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
1938-yilda Rossiyada L. A. Yutkin elektr-gidravlik usulda shtamplash usulini ishlab chiqdi. Bu usulda foydalaniladigan qurilmalar poydevor urishni talab qilmaydigan, kichik gabaritli, oson suriladigan ixcham konstruksiyalardan iboratdir.
Elektr-gidravlik usulda hatto plastikligi past materiallar ham yaxshi deformatsiyalanadi, hosil qilinadigan buyum (detal)lar o`lchamlari juda aniq chiqadi va qo`shimcha mexanik ishlov berishni talab qilmaydi.
Shuning uchun bu usuldan list materiallardan samolyotlar, avtomobillar, fotoapparatlar va boshqalar uchun kichik hajmli detallar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.

Download 262.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling