1.2. Bolg`alash yordamida egilishga, cho`zilishga buralishga ishlovchi va ko`ndalang kesimi bo`yicha o`lchamlarida farq bo`lgan metall xomashyolar
Shtamplash deb, maxsus shtamplar yordamida bosim bilan ishlov berib murakkab shaklli buyumlar olish usuli tushuniladi. U quyidagi turlarga bo`linadi:
Qizdirib shtamplash. Tanavorni qizdirib, maxsus shtamplarda shtamplab pokovkalar deb yuritiladigan buyumlar olinadi.
Portlatib shtamplash. Bunday shtamplashda suyuqlik yoki gaz bosimidan foydalaniladi, tanavor shu bosim ostida matritsa shaklini oladi.
Elektr gidravlik shtamplash. Bunday shtamplash portlatib shtamplashga o`xshash bo`lib, zarb to`lqini suyuqlikda hosil qilingan elektr razryadi bilan yuzaga keltiriladi.
Sovuqlayin shtamplash. Ko`plab ishlab chiqarish sharoitida po`latdan, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan turli metal detallar ishlab chiqarishda shu usuldan foydalaniladi.
Shtamplashda hosil qilinadigan buyumlar (detallar) xalq xo`jaligining turli sohalarida juda keng ishlatiladi. Hajmiy shtamplashning mohiyati shundan iboratki, tanavordan ma‘lum shaklli buyum (pokovka) hosil qilish uchun metall asbobning shu buyum shakliga mos bo`shlig`iga suyuq metall bosim ostida to`ldiriladi. Shtamplash uchun ishlatiladigan asosiy asbob shtamp plitalari hisoblanib, ikki (ostki va ustki) palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo`lishi mumkin.
Shtamplar maxsus polatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li yoki ko`p ariqchali (ko`p pazli) shaklda boiadi. Biror shakldagi buyum (detal) tayyorlash uchun suyuq metall quyilib shtampdagi bo`shliq (ariqcha) lar toldiriladi va tegishli shakl hosil qilinadi.
Shtamplash ham konstruksion materiallarni bosim bilan ishlash usullaridan biri bolib, hosil qilinadigan buyumning shakli, asosan, shtamplash orqali hosil qilinadi.
Bu juda tejamli usul. Materiallarni shtamplashda bug`-havo bolg`alari, taxtali friksion bolg`alar, krivoshipli qizdirish shtamplari (KQSh), gorizontal bolg`alash mashinalari (GBM), friksion presslar va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi.
Friksion bolg`alar tushuvchi qismining ogirligi 0,5-2 t gacha bo`ladi.
GBM bilan mayda pokovkalar, masalan, bolt, gayka, shayba, shpilka, parchinmix va shu kabilar olinadi.
Qizdirib hajmiy shtamplash, asosan, sanoatda ko`plab yoki yirik turkumlab yuqori aniqlikdagi har xil shaklli va olchamli buyumlar olish uchun qo`llaniladi.
Bunday shtamplash texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan iborat: metallarni kesib tanavor hosil qilish, tanavorni qizdirish, shtamplab termik ishlash, pokovkani kerakli rangga bo`yash. Bu usul bilan qiyin deformatsiyalanadigan qotishmalarga ham ishlov berish mumkin.
Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to`g`ri aniqlay bilish katta ahamiyatga ega, chunki material miqdori keragidan kam bo`lsa, shtamp bo`shlig`i tolmay qolib, buyum kemtik (nuqsonli) bolib chiqadi, material miqdori keragidan ortiq bolganda esa ortiqcha metalldan kattagina pitr hosil boladi yoki pokovkaning shakli buziladi.
Sovuqlayin hajmiy shtamplash usulidan uncha katta bo`lmagan o`lchamdagi pokovkalarni tayyorlashda foydalaniladi. Bunda ish unumi kamaymagani holda shtamplashda turli metall chiqindilari kamayadi, sirt (yuza) lar sifati yaxshilanadi, buyumning yuqori aniqlikda chiqishi ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |