Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Texnologik ta’lim yo’nalishi Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan mustaqil ish bajardi


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana28.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1235864
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish9 (1) (1)



Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Urganch davlat universiteti
San’atshunoslik fakulteti Texnologik ta’lim yo’nalishi
Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: Jumaniyozava Fotima
Mavzu: Metallni qirqish va qirqish usullari

Urganch-2022

Reja:


  1. Metallarni kesib ishlash—ishlov berishning texnologik usulidir

  2. Metall kesuvchi asboblarning kesuvchanlik xususiyatlari.

  3. Asbobsozlik materiallari



Metallarni kesib ishlash—ishlov berishning texnologik usulidir

Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o‘tayotgan zagotovkaning ma’lum qalinlikdagi qatla- mi (qo'yilma, припуск) kesib ajratiladi va qirindiga aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik deformatsiyalanadi va yemiriladi. Detallar ta’sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olishi uchun mashinasozlikda qo‘llaniladigan konstruksion metallardan tayyorla- nadi. Bunday metall va qotishmalar (po‘lat, cho'yan, jez, bronza, alu- miniy qotishmalari va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struk- tura holatiga bog‘liq bo‘lgan turli mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko‘rsatkichlar majmuasi konstruksion materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi. Metallarning kesib ishlanuvchanligi qirindi hosil bo‘lishi, yangi yuzalaming shakllanishi va ishlangan yuzalar sifatini ifodalovchi jarayonlaming umumiy qonuniyatlarida o‘z aksini topadi.


Barcha konstruksion metallar shartli ravishda ularning qiyosiy kesib ishlanuvchanligi bo'yicha 4 guruhga bo'linadi: / 1) oson ishlanuvchan (jezlar, bronza, aluminiyning deformatsiyalanuvchi qotishmalari, yumshoq cho‘yanlar); 2) o‘rta darajada kesib ishlanuvchan (uglerodli va past legirlangan konstruksion po'latlar, siluminlar, o'rtacha qattiqliqdagi cho‘yanlar);
3) o‘rtadan pastroq darajada kesib ishlanuvchan (yuqori legirlangan martensit, martensit-ferrit, austenit-martensit sinfiga oid bo'lgan po'latlar, qattiq cho‘yanlar);
4) qiyin ishlanuvchan (austenit sinfiga oid yuqori legirlangan konstruksion po'latlar, issiqbardosh va kislotabardosh maxsus nikel-fer- ritli va nikelli qotishmalar, qiyin eruvchan qotishmalar).
Mexanik xossalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, xususan, qattiqlik va mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi as- bobga ko'rsatadigan qarshiligi ham o‘sadi. Shu sababdan bu ko‘rsatkichlar kesish rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlaming ko'pchilik detallari qirindi olish orqali zarur bo‘lgan geometrik shakl, o‘lcham va sirti(yuza)ning tozaligiga erishiladi. Zagotovkadan uning qo'yilma (припуск) deb ataluvchi qismini kesib ishlash uchun zagotovka va kesuvchi asbobga turli harakatlar uzatiladi. Bu harakatlar asosiy va yordamchi harakatlarga bo‘linib, asosiy harakatning o‘zi bosh (yoki kesish) harakati (v) va surish harakati (5) ga bo‘linadi. Har qanday kesish jarayoni uchun kesib ishlash sxemasini tuzish mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling