Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganish


Download 262.22 Kb.
bet11/17
Sana28.12.2022
Hajmi262.22 Kb.
#1012904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang (2)

Bolg`alash – qizdirilgan metallni bolg`a muhrasining zarbi yoki press muhrasining bosim kuchi ta‘sirida zarur shaklga keltirish jarayoni bolg`alash deb ataladi. Bolg`alash natijasida olingan buyum pokovka deyiladi. Bolg`alashda metall (qotishma) muhralar orasidagi bo`sh joylarga o`tadi. Quyma metall bolg`alanganda metallning dendrit tuzilishi (strukturasi) tola-tola tuzilishga aylanadi, prokatlangan metall bolg`alanganda esa metallning tola-tola tuzilishi bir qadar yaxshilanadi.
Demak, bolg`alashda metallning mexanik xossalari ortadi. Bolg`alashda metall strukturasi va xossalarining o`zgarishi shu metallning bolg`alanishdan oldingi strukturasi va xossalariga hamda bolg`alanish darajasiga bog`liq. Bolg`alanish darajasi esa siqilish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi: n=F1/F2 bunda: F1 – pokovkaning bolg`alashdan oldingi ko`ndalang kesimi yuzi, F2 – pokovkaning bolg`alashdan keyingi ko`ndalang kesim yuzi bo`lib, cho`ktirishda F1>F2 cho`zishda esa F1Muhim pokovkalar uchun bolg`alanish koeffitsiyenti 3 dan 5 gacha va ba‘zan undan ortiq bo`ladi. Bolg`alash yo`li bilan xilma-xil shakl va o`lchamli, bir necha yuz grammdan 350 t gacha, ba‘zan esa undan og`ir pokovkalar tayyorlanadi.
Odatda, turli metall yoki qotishmalar qo`lda va mashinalarda bolg`alanishi mumkin. Dastaki (qo`lda) bolg`alash usulidan, asosan, ta‘mirlash ishlarida va mayda pokovkalar tayyorlashda foydalaniladi.
Mashinalarda bolg`alash usuli ko`plab pokovkalar ishlab chiqarishda va og`ir pokovkalar olishda qo`llaniladi.
Metallarni (tanavorlarni) dastaki bolg`alashda ishlatiladigan asosiy asboblarga bolg`a (bosqon), sandon, ombur, silliqlagich, qisqich, podboyka, zubilo va hokazolar kiradi.
Asosiy uskunalarga bolg`a, turli bolg`achalar va presslar kirsa, yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirish pechlari, tanavorni bolg`alashga uzatuvchi va ko`maklashuvchi kranlar, siljitkichlar, manipulator va boshqalar kiradi. Erkin bolg`alash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalarni o`z ichiga oladi:


  1. Download 262.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling