Cho`ktirish - tanavorning ko`ndalang kesimini bo`yi hisobiga kattalashtirish.
Mahalliy cho`ktirish - tanavorning bir qismi ko`ndalang kesimini kattalashtirib, bo`ylama o`lchamlarini qisqartirish.
Cho`zish - tanavorning uzunligini ko`ndalang kesimi hisobiga orttirish.
Mahalliy cho 'zish - tanavorning ma‘lum qisminigina cho`zish.
Yumaloqlash - tanavorga ketma-ket zarb berish yoki uni siqish yo`li bilan aylanmajism shakliga keltirish.
Oysman yumaloqlash - tanavorni ketma-ket zarb berish yoki uni siqish yo`li bilan bir qismini yumaloqlash.
Teshish - tanavorning metalining bir qismini siqib chiqarish hisobiga bo`shliq hosil qilish.
Teshikni kengaytirish - tanavor bo`shlig`i yoki teshikning o`lchamlarini kattalashtirish.
Bukish - tanavorni zarb ta‘sirida egish.
Tekislash - tanavor yuzasini zarb bilan ishlash orqali bir tekis qilish.
Kesish - metallning bir qismini ikkinchi qismidan ajratish va hokazo.
Bolg`alashda metallning ishlov berish uchun qoldiriladigan ortiqcha qismi qo`yim deyiladi.
Eng ko`p ishlatiladigan bolg`alar jumlasiga bu bolg`alari, pnevmatik, mexanik va friksion bolg`alar kiradi. Bolg`alar, asosan, o`rta o`lchamli buyumlarni, presslar esa yirik buyumlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Lekin bolg`alar va presslarning asosiy harakatlanuvchi ishchi organlari va qo`zg`almas qismlari bir xilda bo`ladi.
Bolg`alarning quvvati tushuvchi qismlarining og`irligi bilan belgilanadi. Bug`havo bolg`alarining tushuvchi qismlari og`irligi esa 0,25 dan 81 gacha yetadi. Qanday quvvatli bolg`a ishlatilishi pokovkaning og`irligi va shakliga bog`liq bo`ladi. Masalan, og`irligi 25 kg gacha bo`lgan murakkab shaklli pokovkalar yoki og`irligi 100 kg gacha bo`lgan oddiy shaklli pokovkalar (silliq vallar) ni bolg`alash uchun tushuvchi qismining og`irligi 500 kg li bolg`alar ishlatiladi, og`irligi 700 kg yoki 1500 kg gacha bo`lgan murakkab shaklli pokovkalarni bolg`alashda esa tushuvchi qismining og`irligi 5000 kg li bolg`alardan foydalaniladi.
Shunday qilib, bolg`alash usuli bilan 300000-350000 kg va undan og`ir pokovkalar olish mumkin. P’olatdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metal-prokatlar.
―Metall prokat‖ tushunchasi juda keng mahsulot turlarini o`z ichiga oladi. Aslida, metall prokat - bu metalldan yasalgan narsa. Bugungi kunda, prokladkalar arzon va ancha yuqori sifatli sanoat ishlab chiqarishining tayyor profili deb nomlanadi. Undan turli xil metall buyumlar tayyorlanadi, u qurilish ishlarida ham qo`llaniladi. Ushbu mahsulotning yuqori darajada mashhurligi uning ajoyib xususiyatlariga bog`liq holda bardoshli, ishonchli, qattiqligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi, haroratning haddan tashqari ta‘siriga toqat qilmaydi, zang qilmaydi va yonmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |