III BOʻLIM. YOZMA SAVODXONLIK
Mazkur boʻlim 2 qismdan iborat:
1 qism: 41-50-savollar
2 qism: 51-52-topshiriqlar
Tavsiya etilgan umumiy vaqt: 1 soat
1-4 testlarda ma`no ko`chish turini aniqlang
1. “Bunyodkor” o`z maydonida “So`g`diyona” ni qabul qilib g`alabaga erishdi.
A. Metafora B.Metonimiya C. Sinekdoxa D. Vazifadoshlik
2. Oynisa xola kechgacha tuz totmadi.
A. Sinekdoxa B. Vazifadoshlik C. Metafora D.Metonimiya
3. Yosh avlod tomirlarida ajdodlar matonati ufuradi
A. Metafora B. Vazifadoshlik C.Metonimiya D. Sinekdoxa
4. Daryoning yoqasidan bir chol o`tin terar edi.
A. Vazifadoshlik B. Metafora C. Sinekdoxa D.Metonimiya
5-6 testlarda so`zning lug`aviy ma`nosini toping
5. Quralay ko`z quralay , tuynugingdan mo`ralay
Sen yalla aytganingda ohangiga yo`rg`alay
Quralay
A. to`tiqush B. kiyikning bolasi C. Bedana D. Bulbul
6. Raqs tushmoq ma`nosida qo`llangan so`z
A. Quralay B. Mo`ralay C. Yo`rg`alay D. Yalla aytganingda
7. Tuynugingdan mo`ralay jumlasida ma`no ko`chish turi
A. Metafora B. Vazifadoshlik C.Qo`llanmagan D. Kinoya
8. Poylamoq, qaramoq so`zining ma`nodoshi
A. Quralay B. Mo`ralay C. Yo`rg`alay D. Yalla aytganingda
9. Sen yalla aytganingda ohangiga yo`rg`alay. Ma`no ko`chish turlarini toping
A. Metafora B. Vazifadoshlik C.Metonimiya D. A va C
10. Qalam ushladimmi, demak o`yin bas
Yayrab ocholmaydi , gul dudog`ini
Tuzsiz she`rlarim deb shirindan shirin
Farzandlarim yurar oyoq uchida .Ma`no ko`chish turlarini toping
A. Vazifadoshlik B. Metafora C. Sinekdoxa D.Metonimiya
2-qism
51-topshiriq. Quyida berilgan vaziyat asosida rasmiy hujjat matnini yarating.
Sizning shifokor otangiz ,otangizdan 4 yosh kichik hisobchi onangiz, sizdan 5 yosh katta talaba opangiz, opangiz bilan orasi 2 yosh farq qiladigan harbiy xizmatni o`tayotgan akangiz , 7- va 3 –sinflarda tahsil olayotgan uka va singlingiz bor. Siz 11-sinfda ta`lim olasiz. Shu mazmunni yoritgan tarjimayi hol yozing.
52-topshiriq. Quyida berilgan vaziyat asosida esse yozing.
Hukumatlar yo'llar va avtomobil yo'llarini yaxshilashga ko'proq pul sarflashlari kerakmi yoki hukumatlar jamoat transportini (avtobuslar, poezdlar, metrolar) yaxshilashga ko'proq pul sarflashlari kerakmi? Nima uchun? Esseni ishlab chiqish uchun aniq sabablar va tafsilotlardan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |