bo‘lim. 1-20-savollar: O‘qib tushunish boʻlim. 21-40-savollar: Adabiyot


-qism. Quyidagi g`azalni o`qing va 35-40 –savollarga javob bering


Download 169 Kb.
bet13/14
Sana25.04.2023
Hajmi169 Kb.
#1396934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
milliy sertifikat 3 kitob

3-qism. Quyidagi g`azalni o`qing va 35-40 –savollarga javob bering

Xazon yaprog`i yang`lig gul yuzing hajrida sarg`ardim,


Ko`rub, rahm aylagil ,ey lolaruh, bu chehrayi zardim.

Sen ,ey gul, qo`ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,


Ayoqingg`a tushub barhgi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol,
Men archi dahr bog`idin xazon yafrog`idek bordim.

Xazondek qon yoshum sorig` yozumdin el tanaffurda,


Bahar rangi bihamdilloh, ulusdin o`zni qutqardim.

Ne tole`dur mangakim axtari baxtim topilmaydur


Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim
Ulusning ta`nu ta`rifi manga Bobur barobardur
Bu olamda o`zni chun yamon- yaxshidin o`tkardim


35. Ushbu g`azal haqidagi to`gri ma`lumotni aniqlang.
Diqqat! Javob variantida bir nechta to`gri javob bo`lishi mumkin.
A.Umumiy tarzda birinchi baytni o`z yoridan ayrilgan lirik qahramonning hijron azoblaridan shikoyati hamda bunga yor e`tiborini qaratishdan iborat deb baholash mumkin.
B. G`azalda faqat muhabbat , yordan ayriliq tasnifi yetakchilik qiladi.
C. G`azaldagi radif g`azalning asosiy g`oyasini ochib bergan
D. G`azalda vatan sog`inchi ustuvorlik qiladi

36.2 -bayt
37. 3-bayt
38. 4-bayt
39. 5-bayt
40.6-bayt

A. Ma`shuqaga har qanday holda ham u go`zal va xushnud bo`lishi kerak deb tilak bildiradi
B.Bu baytni umumiy tarzda o`z yoridan ayrilgan lirik qahramonning azoblaridan shikoyati hamda bunga yor e`tiborini qaratishga urinish tarzida baholash mumkin
C. Bu baytda lirik qahramon o`z taqdiridan hayron. Negaki, uning baxt yulduzi topilmaydi. U esa umri davomida shuni izlab kelmoqda
D.Shoir xazonning shitirlashi(shivirlashi) va oshiqning yolvorishida ichki bir uyg`unlikni ko`radi
E. Bu misrada oshiq uchun o`z holatiga atrofdagilarning munosabati juda muhim ko`rinmaydi. Ular buni maqtashadimi ta`nayu malomat qilishadimi baribir
F. Bu baytda kuz ranglari yordamida oshiq o`zining ruhiy holatini ajoyib tarzda tanosub , tashbeh san`atlari orqali ifoda etadi
G. G`azalda vatan sog`inchi ustuvorlik qiladi




Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling