Boltli birikmalarning ishlashi va hisobi birikmalarga ko'rsatiluvchi konstruktiv talablar reja
Download 36.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqYOG’OCH MATERIALLARIDA LUB QATLAMNING VAZIFASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boltli birikmalarni ishlashi va ularni hisoblash turlari.
BOLTLI BIRIKMALARNING ISHLASHI VA HISOBI BIRIKMALARGA KO'RSATILUVCHI KONSTRUKTIV TALABLAR Reja: Boltli va parchin mixli birikmalar. Boltlarni turi: normal, aniqligi oshirilgan, yuqori mustahkamli anker boltlar. Boltli birikmalarni ishlashi va ularni hisoblash turlari. BOLTLI BIRIKMALAR VA ULARNING XOSSALARI Boltli birikmalar ayniqsa sanoat binolari qurilishida ishlatilishi keng tarkalgan bo’lib, oddiy va ishonchli birikmalardan hisoblanadi. Boltlar qirqilish, ezilish va cho’zilishga ishlaydi. CHo’zilishga ishlaydigan bolt tashqi kuchga nisbatan kattarok kuch bilan tortib maxkamlanadi. Po’lat qurilmalarida oddiy va mustaxkamligi yuqori boltlir qo’llanadi.Tayyorlanish aniqligiga qarab boltlar uch xil bo’ladi: 1) yuqori aniqlikdagi (aniqlik sinfi - A); 2) normal aniqlikdagi (aniqlik sinfi - V); 3) past aniqlikdagi (aniqlik sinfi - S); Normal hamda yuqori aniqlikdagi tayyorlangan boltlarda, GOST ga muvofiq, bolt qalpokchasining tayanch sirti sterjenь o’qiga perpendiqulyar va sterjenning o’qi to’g’ri chiziqli bo’lishi mumkin . Bunday boltlarning diametri loyihadagidan - 0,43 mm dan - 0,52 mm gacha farq qilishi hamda diametri 0,3 dan 0,5 mm gacha katta bo’lgan teshikka o’rnatilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bunday boltlar teshikka zich kiritiladi. Bunday birikma kam deformatsiyalanadi. Past aniqlikdagi boltlar nominal loyihaviy diametrdan 1mm gacha farq qilgan xolda tayyorlanishi mumkin. Bunday boltlar diametri 2-3 mm gacha katta bo’lgan teshiklarga erkin o’rnatilishi mumkin. Binobarin, bunday birikma nisbatan katta deformatsiyaga ega. Boltlar uzunligi 40...200 mm va diametrlari 10,12,14,16,18,20,22,24,27,30,36,42,48 mm li qilib tayyorlanadi. Rez’bali qismining uzunligi ( ) quyidagicha tanlanadi: Diametri d=10...14 mm bo’lgan boltlar uchun =20...25 mm; dq16...20 mm li boltlar uchun = 28...30 mm; d=22...30 mm li boltlar uchun =35...50 mm . Boltlar Vst5 markali po’latdan hamda 14G2, 15GS markali, kam legirlangan va mustaxkamligi oshirilgan po’latlardan tayyorlanadi. YuQORI MUSTAXKAMLI BOLTLAR. Yuqori mustaxkamli boltlar normal aniqlikdagi boltlarga taaluqli GOST bo’yicha, lekin yuqori mustaxkamli, yuqori xarorat bilan ishlov berilgan (40X, 40XFA va 38 XS) po’latlardan tayyorlanadi. Bu po’latlarning yuqori xarorat bilan ishlov berilganidan keyingi cho’zilishdagi vaqtinchalik qarshiligi quyidagi keltirilgan qiymatdan kichik bo’lmasligi kerak: 40X po’latdan tayyorlangan bolt uchun-110 ; 40XFA va 38XS po’latdan tayyorlangan boltlar uchun-135 . Yuqori mustaxkamli boltli birikmalar biriktiriladigan detallarni yuqori mustaxkamli boltlar bilan tortib, bir-biriga nisbatan katta kuch bilan siqish natijasida siqiladigan sirtlarda yuzaga keluvchi ishqalanish kuch tufayli xosil qilinadi. Ishqalanish kuchini oshirish uchun biriktirilayotgan detallarning tutashadigan sirtlari moy, zang va boshqa iflosliklardan tozalanadi. Boltlarning tortilish kuchini belgilash maqsadida ular maxsus kalitlar bilan maxkamlanadi. Yuqori mustaxkamli boltlar turli kuchlar ta’siriga bardosh beradigan, ishonchli, siljimaydigan birikma xosil bo’lishini ta’minlaydi. SHu sababli ular ahamiyatli birikmalarda qo’llaniladi. Boltli birikmalarning vibratsion mustaxkamligi parchin mixli birikmanikiga nisbatan ancha past (taxminan 50% gacha). shu sababli past aniqlikdagi boltlar qirqilishga ishlaganda ularni faqat statik yuklangan qurilmalarda qo’llagan ma’qo’l. Boltli birikmalar ishlashini to’rtta bosqichga ajratish mumkin: 1-bosqichda ta’sir etayotgan kuch ishqalanish kuchidan kichik, boltlarga qirquvchi kuch ta’sir qilmay boltlar cho’zilishga ishlaydi. Tashqi kuchni ortishi natijasida ishqalanish kuchi bosib o’tiladi va birikma ikkinchi bosqichga o’tadi. Birikmada teshik devori va bolt sterjeni oralig’idagi masofa teng siljish yuzaga keladi. Uchunchi bosqichda qirquvchi kuch bolt sterjeniga teshik devori orqali uzatila boshlaydi. Bolt sterjeni egiladi va gayka va kallakning ushlab qolishi xisobiga cho’ziladi. Birikma butunligi buzila boshlaydi. Ishqalanish kuchi yo’qoladi va birikma to’rtinchi bosqichga o’tadi. 4-bosqich materialning elastik-plastik ishlashi bilan xarakterlanadi. Birikma buzilishi bolt sterjenini qirqilishidan, biriktirilayotgan elementlarning birini ezilishi va yirtilishidan yoki bolt kallagigi uzilishidan yuzaga keladi. Boltli birikmalarni hisoblash Yuqorida aytganimizdek, boltlar qirqilishi, ezilish va cho’zilishga ishlashi mumkin. SHu sababli boltli birikma uchta kuchlanganlik xolati uchun ayrim-ayrim tekshirilib ko’riladi. Bu tekshirishdan asosiy maqsad birikmadagi ta’sir etayotgan hisobiy kuchni qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lgan boltlar sonini aniqlashdir. Bitta bolt qabul qilishi mumkin bo’lgan hisobiy zo’riqish quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: qirqilishda ezilishda cho’zilishda bu yerda: Rbs, Rbp, Rbt-boltli birikmalarning qirqilishi, ezilish va cho’zilishdagi hisobiy qarshiliklar ; d-boltning rezьba ochilmagan qismining diametri; -boltning hisobiy kesim yuzasi; Abn-boltning netto kesim yuzasi; tmin-bir yo’nalishda ezilayotgan detallar qalinliklarining minimal yig’indisi; ns-boltning qirqilish kesimlari soni; b-birikmaning ishlash sharoitini ifodalovchi koeffitsient. Birikmadagi boltlarning soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Bu yerda: - bitta botlning formulalar bo’yicha aniqlangan yuk ko’taruvchanligining eng kichigi. Yuqori mustaxkamli boltlar kam deformatsiyalanadigan montaj birikmalarda ishlatiladi. Boltlarning tortilish kuchi shunday bo’lishi kerakki, bunda birikma elementlari qabul qilishi mumkin bo’lgan zo’riqishlar tutash sirtlarda hosil bo’ladigan ishqalaninsh kuchlari orqali uzatilish imkoniyatiga ega bo’lsin. Yuqori mustaxkamli boltlarni hisoblash quyidagi tartibda bajariladi. Avvalo boltning to’la tortilishdagi bo’ylama zo’riqish kuchi topiladi. Bu zo’riqish birinchi navbatda materialning mexanik xususiyatlariga bog’liq. bu yerda Rbh=0,7Rbin-yuqori mustaxkamli boltning cho’zilishdagi hisobiy qarshiligi; An- bolt rezьbasining ichki diametri bo’yicha olingan kesim yuzasi; Rbin - bolt materialining vaqtinchalik qarshilik chegarasi bo’yicha olingan normativ qarshiligi. Bitta bolt bilan maxkamlangan detallardagi tutash sirtlardan xar birining qabul qilishi mumkin bo’lgan hisobiy zo’riqish: bu yerda - ishqalaninsh koeffitsienti -yuqori mustaxkamli boltlt birikmaning ishonchlilik koeffitsienti ; b-yuqori mustaxkamli boltli birikmaning ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient , , SHunday qilib, birikma uchun zarur bo’lgan yuqori mustaxkamli boltlar soni: 1. Mazkur Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki suv transporti ustaviga (keyingi o‘rinlarda — Ustav) muvofiq ishlab chiqildi va mulkiy shaklidan qat’iy nazar suzish vositasiga ega bo‘lgan barcha vazirlik, idoralar va korxonalarning daryo transporti xodimlari tomonidan bajarilishi majburiydir. 2. Mazkur Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari texnik vositalarni qurgan zavod tomonidan ularni texnik ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalar, yo‘riqnomalar va qo‘llanmalarning barcha talablariga qat’iy rioya etilishini ko‘zda tutadi. Vazirlik va idoralarda suzish vositalarini texnik ishlatish bilan bog‘liq ishlab chiqiladigan maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar qo‘llanma va ko‘rsatmalar mazkur Qoidalarga qat’iy muvofiq bo‘lishi va ushbu sohada malakani oshirishga tayanishi lozim. 3. Suv yo‘llari, gidrotexnik inshootlar, flot, kema ta’mirlovchi va sanoat korxonalari, portlar va pristanlar, aloqa va elektroradionavigatsiya vositalari va daryo transportining boshqa texnik vositalari o‘zlarining muhim texnik-iqtisodiy va texnik ishlatish xarakteristikalari bilan bir-biriga muvofiq bo‘lishi va tashish rejalarining bir maromda bajarilishini, flotdan oqilona foydalanishni, kemalarning xavfsiz harakatlanishini va transport xarajatlarini keskin qisqartirishni ta’minlashi shart. 4. Harakatda bo‘lgan daryo transportining barcha texnik vositalarini texnik ishlatish davrida mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi shart. Qoidalarning talablari yangi loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan daryo transporti vositalariga tatbiq etiladi. 5. Texnik vositalar me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq texnik ishlatish hujjatlari bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, ularni ishlatish taqiqlanadi. Amaldagi qoidalarda belgilangan ta’mirlash hujjatlari bilan ta’minlanmagan texnik vositalarni ta’mirga qo‘yish ham taqiqlanadi. 6. Daryo transportining texnik vositalarini foydalanishga tushirish ular qurib yoki ta’mirlab bo‘lgandan so‘ng belgilangan tartibda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshirilishi shart. 7. Daryo transportining texnik vositalaridan foydalanish davrida tegishli idoraviy, tarmoq va tarmoqlararo hujjatlarda qayd etilgan texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoidalar, me’yorlar, yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya etilishi shart. 8. Daryo transportining har bir bo‘linmalarida daryo transportini texnik ishlatishning ilg‘or tajribalari ushbu bo‘linma yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganilishi, umumlashtirilishi va ommalashtirilishi shart. 9. Qoidalar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i tomonidan mazkur Qoidalar qanday tartibda qabul qilingan bo‘lsa shu tartibda o‘zgartirilishi mumkin. 10. Mazkur qoidalarning buzilganligi uchun aybdorlar qoidabuzarlik darajasi va xarakteri va uning oqibatlariga qarab O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Qoidalarni bilmaslik aybdorlarni javobgarlikdan ozod etmaydi. 12. Daryo transportining asosiy vazifalari yuk va yo‘lovchilarni tashish davrida: a) kemalarni va ularda bo‘lgan odamlarning xavfsiz suzishini, tashilayotgan yuklarning, kema yuradigan yo‘llarning va inshootlarning saqlanishini ta’minlash: b) yuk va yo‘lovchilarni tashish muddatlariga rioya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tashishlar, yuklash-tushirish va boshqa ishlarning tannarxini pasaytirish, v) daryo transporti texnik vositalari ishining samaradorligini oshirish yo‘li bilan eng kam mehnat, material va pul mablag‘lari sarflanishiga erishish. 13. Daryo transportining har bir xodimi o‘z xizmat vazifasi va javobgarligi doirasida kemalarning va ulardagi odamlarning to‘liq xavfsizligiga javob beradi. Daryo transporti xodimi quyidagilarni bilishi va qat’iy bajarishi shart: a) O‘zbekiston Respublikasining ichki suv transporti Ustavi; v) O‘zbekiston Respublikasi kema yuradigan ichki yo‘llarida suzish qoidalari (ro‘yxat raqami 769, 1999-yil 9-iyul) (keyingi o‘rinlarda — Suzish qoidalari) va mahalliy suzish qoidalari; g) lavozim yo‘riqnomalari; d) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari; Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling