Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAYO-IBOLILIK.
- MULOYIMLIK.
XUSHMUOMALALIK. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi
barchamizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilaniz. Biroq, tashqariga chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. Ya’ni, og‘izdan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning ruxiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik. HAYO-IBOLILIK. Hondamir, Vosifiy va boshqa zamondoshlarning asarlaridan bilanizki, Navoiy g‘oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o‘ta nazokatli kishilarni yaxshi ko‘rgan, o‘zi ham juda noziktabiat inson sifatida nom qozongan. Shu sababli u «Mahbubul qulub»dagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga 141 alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va xayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi. MULOYIMLIK. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik «xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari aksar odamlarga yoqmaydi. BEOZORLIK. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar-da birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga yuqlamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar. Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘htalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz: agar axloqshunoslikning me’zoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq- ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling