Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- XUSHFE’LLIK.
MUHOKAMA - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli hajmdagi diologlari, monologlari asosida yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan foydalaniladi. MUNOZARA- biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga hayajonli, tinglovchilarni qiziktiradigan va muhokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. MIMIKA - Inson yuzini qalb ko‘zgusi deb atash mumkin. Mimika, Ya’ni yuz muShaklarining harakati kishining ichki ruhiy holatini aks ettirib, u qanday hislarni boshidan kechirayotgani haqida to‘g‘ri axborot beradi. MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish (obrashenie) - insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar 140 majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki o‘z maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er–xotin o‘rtasidagi, do‘stlar yoki mansabdor shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular –rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz. XUSHFE’LLIK. Ushbu axloqiy hatti-harakat me’yoriylik nuqtai-nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining Yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvoffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi. Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, tarli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling