Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Bog'liq
Ritorika

 
KO‘RISHISH ETIKETI. Ko‘rishish etiketi qoidalari milliy xususiyatlardan 
kelib chiqib turli xalqlarda turlicha ko‘rinishlarga ega. Ko‘rishish salomlashish, bosh 
qimirlatish, quchoq ochish, qo‘l berish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish va xatto o‘pishish 
orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon xindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining 
o‘rtasiga tekizish bilan, afg‘onlarda o‘ng qo‘lini manglayiga tegizib, ta’zim qilish 
bilan, tibetliklarda bir-birlariga qarab tillarini chiqarish bilan, o‘zbeklarda qo‘lni 
ko‘ksiga qo‘yish bilan ko‘rishiladi.
 
SUHBATLASHISH QOIDALARI. Muomala suhbatlashishishning eng 
muhim vositasidir. Bunda ham umume’tirof etgan qoidalar mavjud. Suhbatdoshni 


142 
gapini bo‘lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. 
Suhbatdoshingizni tinglayotganingizda iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor 
qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni 
silkitish, “darhaqiqat”, “to‘g‘ri”, “topib aytingiz», “men ham qo‘shilaman”, 
“chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so‘zlarni aytishni unutmang. 
Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o‘tirish, gapirayotgan paytda biroor 
narsani o‘qib turish, bir vaqtning o‘zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga 
qarayverish, esnash, cho‘ntak kavlash yo boshqa shu kabi mayda-chuyda 
harakatlarni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. 
OHANG - Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning 
gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim 
rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. 
So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum 
darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali Yoki 
tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega 
bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z Yoki 
iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir etishi 
mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. 
Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki 
engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman 
tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish 
imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. 
BAXS – shaxslar o‘rtasidagi u yoki bu mavzudagi tortishuvi hisoblanadi. 
Bahs qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda 
qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, 
uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato 
qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi 
bahslarga yakun yasaydi hamda sizdagi bu fikrlashdagi haqqoniyligini o‘zida ham 


143 
yaratishga harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o‘zi ham siz kabi nohaq 
bo‘lishini tan olishiga imkon beradi. 
SUHBAT – ikki yoki bir necha kishilar o‘rtasidagi muloqotga aytiladi. Barcha 
holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan 
hamma narsalar haqida komil ishonch bilan so‘zlash bilan shug‘ullanish – bu olim 
odam ham iste’dodli odam ham emin bo‘ladigan san’atdir. Har kimga ham aqlli 
gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka 
yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, odamga moslashish kerak va uzoq tajribaga ega 
bo‘lgandan so‘nggina o‘z istiqbolini ko‘rish mumkin. Suhbatdagi har bir so‘z 
suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling