Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars mavzusi: (amaliy mashgulot
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning borishi
165 Ritorikaning axloqiy tamoyillari mavzusini zamonasiy pedagogik texnologiyaning "FSMU " usulida tashkil etish va o‘tkazish SENARIYSI Dars mavzusi: (amaliy mashgulot) Ritorikaning axloqiy tamoyillari Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarga ritorikaning axloqiy tamoyillari xaqida, yaxshilikning ziynati va yomonlikning illatlari, yaxshi so‘zning qudrati, haqida ma’lumot berish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarli chiroyli so‘zlashning axloqiy fuknsiyalari. Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari. Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida fikr bildirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuqsaltirish, etikaning mezoniy tushunchasi yaxshilik va yaxshi so‘zning uyg‘unligi ularni inson xayotidagi o‘rnini xis qilish hamda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini paydo qiluvchi madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Darsda foydalaniladigan texnologiya: FSMU texnologiyasi Darsning borishi: /. Tashkidiy qism. 2. Talabalarni amaliy mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. Darsni o‘kituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. U kirish so‘zida amaliy mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan talabalarli tanishtirib, bugungi kunda jamiyatda yaxshilik va yaxshi so‘zning qudrati ularning jamiyat xayotidagi, muomala madaniyatidagi, oilaviy munosabatlardagi amaliy ahamiyatlarini yoritib berishga bag‘ishlanganligi haqida fikr bildiriladi. 166 3. FSMU o‘tkazish. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etish hamda o‘quv jarayonini baxs - munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi. Auditoriya 5 Yoki 6 ta kichik guruxlarga bo‘linadi. Ularga FSMU ning 4 ta bosqichi yozilgan qog‘oz va baxs uchun vaziyatlar tarqatiladi. Vaziyatdan kelib chiqib, ular 4 ta bosqich bo‘yicha qog‘ozga o‘z fikrlarini tushiradilar. Guruxdan biri kishi chiqib o‘zlarini fikrini himoya qiladi, qolganlari ko‘shimcha qilishlari mumkin. Barcha gurux eshitib bo‘lingandan so‘ng o‘kituvchi tomonidan muammo buyicha fikrlar umumlashtiriladi. FSMUning 4 bosqichi: • F – fikringizni bayon eting. • S - fikringiz bayon iga sabab ko‘rsating • M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keyatiring • U - fikringizni umumlashtiring 1 - vaziyat Bizga ma’lumki, barcha davr, barcha xalqlar uchun bir hil bo‘lgan yaxshilikning bo‘lishi mumkin emas. U davr, jamiyat taraqqiyotiga qarab o‘zgarib, Yangi ma’no kasb eta beradi. Yaxshilik va yomonlik tushunchalari ham xuddi shunday o‘zgarib boraveradi. Bir paytlar yaxshilik ma’nosini bildirgan hodisa vaqt o‘tishi bilan yomonlikka aylanishi Yoki teskari bo‘lishi ham mumkin. Inson tafakkurining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi axloqda ham muttasil taraqqiyot sodir bo‘lib turadi. Natijada yaxshilik va yomonlik xar bir jamiyatda o‘ziga hos xarakter kasb etadi. Sizning fikringiz? 2- vaziyat Oldingda o‘lim turganini sezishing g‘am eyishing uchun kifoyadir. Demak, xali o‘lim kelmagan ekan, o‘z g‘amingni eb qol, odamlarga yaxshilik qilish bilan nomingni yaxshilar qatoriga ko‘shib ket. Aqilli kishida uchta xislat bo‘ladi: o‘ziga berilgan savollarga odob bilan javob 167 beradi, birovdan yomonlik kursa ham yaxshilik qiladi, xalqi uchun foydali fikrlarni olga suradi. 3 – vaziyat O‘z fursatida qilinmagak yaxshilik - yomonlikka yo‘l ochishi mumkin. Yomonlarni extiyot qiling! Yomon yo‘k bo‘lsa, yaxshining kadri bilinmay qoladi! Mexr - yaxshilik, kaxr - yomonlik belgisi. Shunaqa-ku, mabodo teskarisi bo‘lsa- chi? Tasavvur qiling bir iflos kimsa begunox odamni o‘ldirib qo‘ydi. Siz mexr ko‘rgazib ming yoqqa yugirdingiz. Bo‘lgan hodisani «tasodifga» yo‘nib uni jazodan qutqarib qoldingiz. Ertasiga esa u boshqa odamni o‘ldirdi.Sizning mexringiz yaxshilikka xizmat qildimi, yomonlikkami? Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan xaqiqatlar ham bo‘ladi. 4 - vaziyat Billur guldon bilan tosh to‘qnashsa, toshga balo ham urmaydi, gul idishi sinadi. negaki guldon bag‘rida gul bor. Yaxshi bilan yomon to‘qnashsa, yomonga baloyam urmaydi, yaxshining dili vayron bo‘ladi. Negaki yaxshining qalbida ezgulik bor. 5 - vaziyat Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang bir xissa savob olasan. Yaxshilikka yomonlik bilan javob bersang, un xissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko‘ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o‘n xissa ko‘p. 6-vaziyat Bir kuni bir yaxshi kishi ko‘chadan o‘tib borg‘onida bir necha xayosiz kishilar orqasidan yamon so‘zlar ila so‘kib qoldilar. Bu kishi alarning so‘zini(ng) eshitib, ko‘lini ko‘tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg‘a o‘zing aql bergil va tug‘ri yo‘lga solgil!»- deb duo qildi. Bu xoldan xabardor bir kishi so‘radiki, «Nima uchun siz ul kishilarning xaqqiga yaxshi duo qildingiz?»-deb. Ul kishi :»Ey birodar, xar kim o‘zida borini berur. Menda yaxshilik bor edi, shuni berdim, onlarda yamonlig‘ bor ekan, oni 168 berdilar. O‘zingda yo‘k narsani qaydan olib berursan, xar kim qilganicha topar, yamonning yamonligi o‘z boshiga etar»,-deb javob berdi. 7 - vaziyat Yaxshi hamsuhbat xuddi mushku anbar olib yurgan kishiga uxshaydi. Birga bo‘lsang, mushkidan beradi Yoki o‘zing undan sotib olasan, hech bo‘lmaganda esa, uning xush bo‘yidan baxramand bo‘lasan. Yomon hamsuhbat esa, xuddi temirchining bosqoniga o‘xshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, Yoki uning badbuy xidi senga ham urib qoladi». Do‘st tanlashdagi islom ta’limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni yaxshilikka etaqlaydi va yomonlikdan saqlaydi. 8 - vaziyat Shirinso‘zlik va muloyimlikning shartlaridan biri ovozni pastlatib, mayin gapirishdir. Shuning uchun Allox ovozni pastroq qilib gapirishga chaqirib, qattiq, baqirib gapirishni xuddi eshshakning xangrashiga o‘xshatadi: «So‘zlaganda ovozingni pastrok tushirgin, zero eng yomon ovoz - eshshakning ovozidir» (Lukmon surasi, 39 oyat). Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling