Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy maqsadi;
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
162 Nuqt madaniyati va notiqlik san’atining xususiyatlari va turlari mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyaning "Agar men" zanjirli rolli o‘yin usulida tashkil etish va o‘tkazish SENARIYSI Dars mavzusi; (amaliy mashg‘ulot) Notiqlik san’atining xususiyatlari va turlari Darsning ta’limiy maqsadi: Ritorikapremeti - og‘aki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirchan etkazish malakasini egallash haqida tushuncha berish Darsning tarbiyaviy maqsadi; Ritorikapredmeti - og‘zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirchan etkazish malakasini egallash haqida tushuncha beradi. Chiroyli so‘zlash nazariyasi - ritorika. Til va nutq. Ichki va tashki nutq. Til boyligi. Nutqning aniqligi ma’lumot berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuqsaltirish, nutq madaniyatini inson xayotidagi o‘rnini xis qilish hamda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini paydo qiluvchi madaniyatni rivojlantirishdan nborat. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Rolli zanjir usuli. "Agar men " Darsning borishi: 1. Tashkshiy qism. 2. Talabalarni amaliy mashgulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish Darsni o‘kituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. U kirish so‘zida amaliy mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan talabalarni tanishtirib, bugungi kunda jamiyatda muomala madaniyatining o‘rni uni ko‘llash usullari, ichki va tashki nutqdan unumli foydalanish, tilning boyligidan faxrlanish, nutqning aniqligi haqida fikr bildiradi. 3. Rolli o‘yinni o‘tkazish. Bunda 15 ta talaba qatnashadi. Berilgan ob’ekt sifatida rolga kirib, obrazga kirib 163 o‘qib beradilar. Ularning nutqlari eshitilgandan so‘ng ularga talabalarning o‘zi baxo beradilar. O‘yin oxirida o‘kituvchi tomonidan xulosalanadi. Jami bu o‘yni orqali 25-30 kishini baxolash mumkin. Bozorga tushgan edim. Ish kuni bo‘lishiga qaramay odam! Mazzam yuqroq, ertaga ishga borolmayman; Mazza qilib dam oling, yaxshilab sog‘ayib keting, keyin gaplashamiz. O‘rtoq rafiqam! Ijozat bersangiz, xushchaqchaq xayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda bevosita tabrik etishga, bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib borayotganimizga, hech qanday shak - shubha bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblash mumkin. (A.Qaxxor) Ota uni ko‘rib qarg‘ishga og‘iz ochdi - yu, lekin qarg‘ayolmadi, "Bo‘ying o‘zilmasin bolam" deb xungrab yubordi. Xoling shu bo‘lsa, axvolingga voy, er olmaydi, boshimga yostiq bo‘lasan. (A.Qaxxor) Hali yurt surib yotganlaring shular, degin. Qovog‘ini qara, qovog‘ini. Vey o‘sha obergan shaharingni sholvoringga solib beray..Choy - chaqasini undan - bundan qilib, taralasini tortib yurgan Toshpulating etti yarim so‘lkavoyni tag‘in kaysi go‘sxo‘rdan olsin, a, yo bobog‘imni sotib beraymi? Yoki sayratmamnimi? Etigim bo‘lsa-ku, o‘n besh kundan beri garovda, choponni bo‘lsa o‘tkan kuni ko‘zingni oldida uch so‘lkavoyga sotdim. O‘rgildime! Quy endi. Xudo xaqi, galavam aynadi. Umed bilan kellim, bozordan quruq kaytmay deyman, bunga 50 tillo beray; xay deng endi. (S. Ayniy) Yildan yilga zamonani er yutvotti, egachi! Erkak – ku, erkak, yoshlarni ham xudo teng teppasidan urib, tovonidan chiqarvotti, men sizga qoqindiq! Sizga yolg‘on, xudoga chin, jonim o‘rgilsin, bir zamon terazadan muralasam, bir uy xotin - erkak aralash! Jonim "xiqq" etdi - yu xalqumumga keldi turdi. Buni qarangki, ikkam o‘ttiz yildan baqqa mana shu behosiyat ostonai nomuborakda mingdan ortiq xotin. Bizdaqa peshonasi to‘mtok, sho‘rpeshona qurumsoqqa birortasi ham tegmapti - e! Voy seni bekorchilikda yaratgan xudoyimdan 164 urgilay. Bu deyman, bizning peshonamizga xotin bitishga kelganda yo qalami qudratning siyoxi ado bo‘lib qolgan, yo xudoyimning qulog‘i bizdaqa kambag‘allarning orasiga jabroil degan besunaqay qanotlarini to‘sib olganda. Bo‘lmasam naxot bir kam qirq yildan beri xotin so‘rashni qilaverib og‘zimiz xalta bo‘b ketti - yu, bir alvastigayam uchramasak – a! O‘rgilib qo‘ydim. (Maysaraning ishi) Shukurkim, o‘zligimizni anglay boshlashimiz shaharsozlik soxasida ham ma’lum o‘zgarishlar yasab, bu xududga e’tibor berila boshladi. So‘ngra 3-4 yil ichida hukumatimizning eski shaharni saqlab qolish buyicha qarorlari, "maxalla" dasturi qabul qilindi. Adabiy asarning mazmuni, undagi g‘oYaning oliyjanobligi, tasvir etilgan odamlar va hodisalarning go‘zalligi Yoki xunukligi -hammasi o‘quvchiga asarning tili orqali etali. Shu sababli til soxasidagi mahorat yozuvchi qobiliyatining eng yorqin alomatidir. (Izzat Sulton) Tun bilan yiglaydi bulbul G‘uncha xajri dog‘ida. Ko‘z yoshi shabnam bo‘lib Qolmish uning yaprog‘ida Sevgi saxrosida qolmish Necha Majnundan g‘ubor, Necha Farxod gardi yotgay Bistunning tog‘ida G‘unchadek chexramda Erkin Jon fido etgay sanam, Qatra qonidin gul unsun To muxabbat bog‘ida. (E.Voxidov) Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling