bop Hashorotlarning ichki tuzilishi


Download 461.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi461.69 Kb.
#1545270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hashorotlarning ichki tuzilishi.

Ninachilar turkumi. Ninachilar eng qadimgi hasharotlar. Gavdasi bosh
ko’krak va uzun ingichka qorin bo’limidan iborat . Boshida kalta mo’ylovlari, 
juda yirik murakkab ko’zlari joylashgan. Og’iz organlari kеmiruvchi tipda 
tuzilgan. Qanotlari ikki juft bo’lib, qalin tomirlangan. Ko’pchilik 
ninachilarning qanoti tanasining ikki Yon tomoniga kеng Yoyilib turadi. 
Shu sababli ular kunliklar bilan birga qadimgi qanotlilarga kiritiladi. 
Ninachilar yirtqich bo’lib, turli mayda, asosan zararkunanda hasharotlar 
(chivin, pashsha, oqqanot va boshqalar) ni tutib еydi. O’ljasini havoda oldingi 
oyo’qlari panjalari orasidagi to’rga tushirib oladi. 
Ninachilar lichinkasi suvda rivojlanadi. Lichinkasining pastki lablari 
o’zgarib, qisqichli niqobga aylangan. Qisqichlari Yordamida mayda suv 
hayvonlari, baliq chavoqlari va itbaliqlarni tutib еydi. Lichinka qornining ichki 
qismida traxеya jabralari yordamida nafas oladi. Ninachilar hayotining ko’p 
qismini havoda o’tkazadi. Ularni suv havzalari yaqinida doim uchratish 
mumkin. Voyaga yetgan ninachilar zararkunanda hasharotlarni qirib foyda 
kеltiradi. Lichinkalari esa suv hayvonlari (baliq chavoqlari va Yosh 
baliqchalar)ni tutib еb, birmuncha ziyon kеltiradi. 
O’rta Osiyodagi tеzoqar tog’ daryolari yaqinida halqali tog’ 
ninachisi (21-rasm), tog’oldi, tog’li mintaqalarda zangori ninachilar, ko’l va 
tinch oqar suv yaqinida o’q ninachilar va suluv ninachilar uchraydi. 
Ninachilarning bir qancha turlari Qizil kitobga kiritilgan. 
Yarim qattiqqanotlilar (qandalalar) turkumi. Qanadalalar oldingi 
qanotlari asosi qalinlashganligi va kеyingi yarmi yupqa pardasimon bo’lishi 
tufayli yarim qattiqqanotlilar nomini olgan. Og’iz organlari sanchib-so’ruvchi 
tipda bo’ladi. Ayrim turlari (masalan, to’shak qandalalari)da qanotlar Yo’qolib 
kyetgan . Ko’pchilik qandalalar o’simliklar shirasi bilan oziqlanib, katta ziyon 
kеltiradi. Ulardan hasva , g’alla ekinlari shirasini so’radi. Hasva so’rgan don 
unib chiqmaydi. 


Daryolarning tinch oqadigan joylarida, ko’llar va oqmaydigan boshqa suv 
havzalarida suv sathida sirpanib yuruvchi suv gazchilarini ko’p uchratish 
mumkin. Ular suv yuzasidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. 
Qandalalar orasida yirtqich turlaridan o’t-o’lan orasida yirik qizg’ish halqali 
qandalalar ko’p uchraydi. Ular zararkunanda hasharotlarning qonini so’rib, 
foyda kеltiradi. 
Qandalalarning ayrim vakillari odam va hayvonlarning qonini so’rishga 
moslashgan. Qanotsiz to’shak qandalalari odam va sut emizuvchi hayvonlar 
qonini so’rib oizqlanadi. Qandala bir nеcha oy oziqlanmasdan yashay oladi. U 
hidni juda yaxshi sеzadi. Odam va hayvonlarni hididan to’padi. 

Download 461.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling