Boqijon To‘xliyev


Download 326.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana16.02.2023
Hajmi326.86 Kb.
#1203472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
qutadgu-biligda-turkiy-folklor-motivlari

10
Boqijon TO‘XLIYEV


boblari va O‘gdulmishning uchinchi marta O‘zg‘urmish huzuriga 
borishi ana shu munozaralarga bag‘ishlangan.
Folklor asarlarida (jumladan ertaklarda) topshiriq berish va 
bu topshiriqning bajarilishi alohida ahamiyatga ega va u ko‘pincha 
voqea rivoji va qahramon taqdirida muhim o‘rin tutadi. Topshiriq 
(sinov)ning o‘zi esa g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin: yemak-ichmak 
bilan sinash; olov bilan sinash; topishmoq aytish va boshqalar. 
Ularni bajarish topshiriq (sinov)ning bajarilishini ta’minlaydi. Yusuf 
Xos Hojib asarida bunday motiv ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
1. Kuntug‘di va Oyto‘ldilarning jumboqli harakatlarida;
2. O‘gdulmishning O‘zg‘urmishni shaharga undashi va uni 
ko‘ndirib olib kelishida.
Harakatdagi qahramonlar faoliyati, yanada aniqrog‘i, 
ularning vazifa (funksiya)si nuqtai nazaridan ham “Qutadg‘u bilig”da 
folklor izlarini ko‘rish mumkin. Faqat bu funksiyalar asarda ancha 
murakkab shakllarda yuz beradi.
Umuman olganda, “Qutadg‘u bilig”ning nihoyatda sodda sujet 
tuzilishi va o‘ziga xos kompozitsiyasida turkiy folklorning qadim 
an’analari juda ustivor holda namoyon bo‘ladi. Mulohazalarimizni 
asar kompozitsiya va sujetida alohida o‘rin tutadigan ayrim motivlar 
haqida batafsilroq to‘xtab, shular asosida bayon etishga harakat 
qilamiz. Bular:
1. Sinov motivi.
2. Tong-sahar motivi.
3. Uchlantirish motivi.
1. Sinov motivi.
Folklor asarlaridagi asosiy kompozitsion elementlardan biri 
qahramonning muayyan sinovdan o‘tishi bilan aloqador. Masalan, 
“Bektemir to‘g‘ri maydonga bordi-yu, bor kuchini to‘plab turib 
qirq quloqli oltin soqqani dast ko‘tarib osmonga irg‘itib yubordi” 
(“Bektemir botir”), “Lo‘nda polvon ketayotsa, ro‘parasida ikki qo‘liga 
tegirmon toshi kiygan bir kishi katta tog‘ni minib kela beribdi. Lo‘nda 
polvon: - Qani ikkovimiz kurashib ko‘raylikchi? Agar meni yiqitsang, 
Lo‘nda polvonni ham yiqitasan, - debdi. Lo‘nda polvon tog‘ mingan 
polvonni chunon ko‘tarib uribdiki, bir qarich yerga kirib ketibdi” 
[Razzakov va boshqalar 1980, 139].
Kuntug‘dining Oyto‘ldini va aksincha Oyto‘ldining Kun-
tug‘dini sinagan lavhalari aslida folklordagi ushbu xislatlarning 
analoglari sifatida baholanmog‘i kerak. Ammo yozma adabiyotdagi 
ushbu motivdan folklordagi barcha detal va ma’nolarni talab qilish 
11
“Qutadg'u bilig”da turkiy folklor motivlari


o‘rinli bo‘lmas, shunga ko‘ra ham ertaklardagi qahramon sinovi 
aniq detallar orqali amalga oshirilsa, “Qutadg‘u bilig”da bu narsa 
ikki shaklda namoyon bo‘ladi: bir bayt doirasidagi so‘z bilan eslab 
o‘tiladi xolos:
ḳamuġ türlüg işke sınadı ilig
tilek teg tükel buldı tapnur erig [619].
Elig (Oyto‘ldini) turli ishda sinadi,
Xizmati(ni) qiluvchi kishini tilagidagidek topdi.
Yana qarang:
bir ança yorıdı sınadı ilig
ḳamuġdın tükel buldı bulmış erig [764].
Oyto‘ldi bir muddat shu tariqa yurdi, elig uni sinadi,
O‘zi yetishgan kishisini barchadan yetuk topdi.
Ayni tavsif O‘gdulmish uchun ham beriladi:
sınadı kör ilig bu ögdülmişig
könilik öze buldı barça işig [1716].
Elig O‘gdulmishni sinadi, ko‘r,
Barcha ishlarining to‘g‘ri ekanligini kuzatdi.
O‘rni kelganda aytish lozimki, sinashning donishmandlik, 
ma’naviy kamolоt bilan aloqador jihatlari “Qutadg‘u bilig”da ko‘proq 
aks etgan;
negü tir eşitgil ötüken begi
sınap sözlemiş sözni yetrüp ögi [1962].
O‘tukan begi nima(lar) deydi, eshitgin,
(U) so‘zni sinab mulohaza bilan so‘zlabdi:
negü tir eşitgil sınamış kişi
sınap eḍgü isizni bilmiş kişi [2214].
Sinagan kishi nima deydi, eshitgin,
Sinab yaxshi-yomonni bilgan kishi.
Aslida Oyto‘ldining davlat timsoli ekanligini ko‘rsatish va 
Kuntug‘dining adolat ramzlarini tushuntirish epizodlari ham ana 

Download 326.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling