Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
4.4. ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy integratsion guruhi o’zining 40 yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o’rtasida kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida AQSh, YeI va Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda. ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi rivojlanishiga ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan mahsulot ishlab chiqa- ruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda namoyon bo’ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan mahsulotlarda ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan kompo- nentlar ulushi 40 % dan kam bo’lmasligi kerak. Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan yapon industriyasi bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakl- lantirish maqsadida o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishini mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol 86 qilib, “TOYOTA” firmasi avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab chiqarilishini keltirish mumkin. Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI asr boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi korxonalarga yuz foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari mahalliy sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valuta chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida ko’pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda. 5.5. MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari MERKOSUR - Lotin Amerikasi mamlakatlarining (Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay) 200 mln. aholiga va 1 trln. dollardan ortiq YaMMga ega yirik va eng dinamik rivojlanib borayotgan savdo-siyosiy ittifoqidir. Bu mamlakatlarga qit’a aholisini 45 % dan ortig’i, jami YaMMning 50%dan ortig’i, bevosita xorijiy investitsiyalarning 40 %dan ortig’i, Lotin Amerikasi mamlakatlari jami tovar aylanish hajmining 60 % dan ortig’i va tashqi savdo hajmining 33 % dan ortig’i to’g’ri keladi. 1991 yilda MERKOSUR tashkil qilish to’g’risidagi Shartnomada istiqbolda to’rtta mamlakat o’rtasida o’zaro savdodagi barcha to’lovlar va tarif cheklovlarini bartaraf qilish, uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona boj tarifini o’rnatish, kapital va ishchi kuchini erkin harakatlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa sohalarida siyosatni muvofiqlashtirish, valuta-moliya sohasida strategiyani kelishish nazarda tutiladi. MERKOSUR Shartnomasi, shuningdek 2000 yilgacha ko’p tovarlar uchun (qurol va xarbiy texnika, radioaktiv materiallar, nozik metallar, milliy madaniy boylik predmetlari bilan savdo bundan mustasno) notarif cheklovlarni tugatishni ko’zda tutadi. Integratsiya jarayonini boshqarish uchun milliy boshqaruv organlari, tashqi ishlar vazirlaridan tarkib topgan Umumiy bozor Kengashi, ijroiya organi – Montevideoda doimiy faoliyat ko’rsatuvchi shtab-kvartiraga ega bo’lgan Umumiy bozor guruhi, 87 shuningdek, shu Guruhga bo’ysunuvchi 10 ta texnik hay’atlar tashkil etilgan. Bu hay’atlar tashqi savdo, bojxona tartibi, yer usti va suv transporti, sanoat texnolo- giyalari, qishloq xo’jaligi va energetika masalalari, shuningdek texnik me’yorlar, valuta va makroiqtisodiy siyosat bilan shug’ullanadi. A’zo-mamlakatlar o’rtasida savdo nizolarini hal qilish uchun maxsus organni tuzish bo’yicha choralar amalga oshirilmoqda. MERKOSURning amal qilish natijalari ushbu bojxona ittifoqi tuzilishi yakunlanmaganligiga qaramay, integratsion guruhning ma’lum yutuqlaridan dalolat beradi. Blok ichki eksport hajmi 1991-1998 yillarda to’rt barobar o’sdi, shu davr ichida integratsion guruh a’zo-mamlakatlarining uchinchi mamlakatlarga umumiy eksporti 30 % dan ortiqroq o’sdi. Shu davr ichida MERKOSURdan tovarlar olib chiqishning umumiy hajmida blok ichki eksportining ulushi 9 dan 20 % gacha o’sdi. MERKOSUR miqyosida o’zaro tashqi iqtisodiy aloqalar kengayishi uchinchi mamlakatlardan kiritilgan xorijiy investitsiyalarga ham tegishli. Masalan, Argen- tinada avtomobil zavodi qurilishiga 100 mln. dollar kiritgan “Toyota motors” yapon korporatsiyasi bu mamlakatda har yili 20 ming yengil yuk tashuvchi-pikaplar ishlab chiqarishni mo’ljallagan. Bu avtomobillarning yarmini Braziliyaga braziliya korxo- nalarida ishlab chiqilgan butlovchi mahsulotlar evaziga olib chiqish ko’zda tutilgan. MERKOSURda integratsion jarayonlar a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi qiyin- chiliklar va ziddiyatlar bilan birga rivojlanmoqda. Masalan, uchinchi mamlakatlardan importga yagona tashqi tariflar o’rnatilgan muddatlarda kelishilmadi. MERKOSUR a’zo-mamlakatlari umumiy YaMMining 90 %iga to’g’ri keladigan Argentina va Braziliya o’zining yaratilayotgan yuqori texnologik sanoat tarmoqlarini, ya’ni kompyuterlar va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni xorijiy raqo- batchilardan himoyalashga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, 90-yillar o’rtalarida Braziliya uchinchi mamlakatlar bilan elektron, neftkimyo sanoati va og’ir mashinasozlik mahsulotlari bilan savdo qilishda import bojlarini 35 % darajasida, Argentina 12 % darajasida, Braziliya va Argentinaga texnologik bog’lanib qolishdan xavfsirayotgan Urugvay va Paragvay minimal boj to’lovlari kiritishni yoqlab chiqdilar. 88 YeI, NAFTA, ASEAN va MERKOSUR miqyosida integratsion jarayonlarning rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro kompaniyalarning strategik imkoniyatlarini quyidagi yo’nalishlarda kengaytirayotganligidan dalolat bermoqda: 1) eksportdan importni qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil qilish bilan bevosita xorijiy investitsiyalarga o’tish; 2) kapitallar va tovarlarning erkin ko’chishi sababli BXI samaradorligini oshirish; 3) BXI o’sishiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmining ko’payishi; 4) kompaniyalar birlashishi uchun imkoniyatlarning kengayishi. Jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga, ya’ni, o’zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga bo’lgan intilish Fors ko’rfazidagi Arab davlatlari orasida ham kuzatilmoqda. 1981- yildan buyon Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon kabi davlatlarni o’z ichiga olgan “Neft oltiligi” Hamkorlik kengashi davlatlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling