Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi 
Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha 
shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma korxonalar, 
xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga 



oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri 
boshqarish nazariyasi va amaliyotidir. 
Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda 
faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega 
mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport - import bitimlaridan tortib chet 
elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi 
lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi 
va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo 
mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaydi: «Bugun mana 
shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-
mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor 
O’zbekiston manfaatidir»
1

Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat 
xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan, 
sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar 
uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini yaratadi. 
Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy firmalarning 
nafaqat TMKlar, balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga 
olib kelmoqdaki, ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur. 
Xalqaro menejmentni o’rganish tinglovchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar 
uchun zaruriy sifatlarga: tashabbus, aniqlangan qaltislikka tayyorlik, o’z kuchlariga 
ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni 
o’rnatish prinsiplarini egallashga erishishga yordam beradi. 
Ushbu kurs materiallarini o’rganish tinglovchilarga dunyoda xalqaro menejment 
rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:
– bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi; 
– iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish; 
– firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi; 
– ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va 
xizmatlar assortimentini yangilash; 



– qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq 
ajratilishi; 
– milliy manfaatlarga rioya qilish. 
1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori qaltislik 
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni 
boshqaruvchi shaxslarning qaltislikka tayyorlikning alohida jihatlari majmui sifatida 
aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki Fransuzcha 
“entrependre” so’zidan kelib chiqadi va tarjima qilinganda “imkoniyatlarni amalga 
oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan 
ehtiyojlar 
va 
istaklarni 
qondirish” 
ma’nolarini 
anglatadi. 
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish) funktsiyalariga ega 
xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va demak ikki yo’nalishda 
tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan 
texnologiya, xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotning harakatlanish 
logistikasini nazarda tutuvchi vertikal yo’nalish. Firma faoliyatining ikkinchi 
yo’nalishi - bu o’z menejment uslubi, marketing kontseptsiyasi, ilmiy izlanish va 
tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab 
chiqarishni va sotishning tashkil qilinishiga ega gorizontal yo’nalishdir. 
Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, tadbirkorlik bilan 
bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq), tovarlar va xizmatlarga 
talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy 
munosabatlarning 
farqlanishi, 
valyuta 
paritetlarining 
tebranishi, 
xalqaro 
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra firmaning xorijda faoliyat yuritish 
sharoitlarida qaltisliklar bir necha barobar oshib ketadi. 
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun xorijiy 
biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni turkumlash 
maqsadga muvofiq. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi: 


10 
- ijtimoiy-madaniy, urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga 
munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar, me’yorlar, savodlilik darajasi. 
Oxirgi omil o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan 
menejer uchun muhim; 
- iqtisodiy - iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM 
dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining 
xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni 
ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valyuta almashinuvi, mehnat 
haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion 
tashkilotlarda ishtirok etish. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul 
qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish 
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo 
etadi; 
- texnologik - texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya 
tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi 
kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari. Zamonaviy 
sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim 
korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy 
raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar 
haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi; 
- siyosiy-huquqiy - davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, 
hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy 
mulk 
haqidagi 
qonunchilik, 
oppozitsiyaning 
ta’siri, 
savdo 
qonunchiligi, 
protektsionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim. 
Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat hukumatining 
harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi ulushini 
yo’qotish bilan bog’liq. 


11 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling