Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
2.2. O`zbekiston respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta`minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo`lib hisoblanadi. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo`yishmoqda. 1-rasm. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi bo’yicha xizmatlarning asosiy turlari Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi. O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va 29 turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 2,7 martaga oshib, 92,5 trln.so`mgacha ko`paydi. Aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 2,3 martaga o`sdi va 2,9 mln. so`mni tashkil etdi (1-jadval). 1-jadval 2010-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi bo`yicha xizmatlar sohasi asosiy ko`rsatkichlarining dinamikasi 2010y. 2011y. 2012y. 2013y. 2014y. 2015y. 2016y. I. Xizmatlar hajmi, trln. so’m 26,0 33,7 42,6 53,7 65,9 75,4 92,5 O’tgan yilga nisbatan o’sish, foizda 116,1 117,2 114,7 114,4 115,1 114,0 114,5 2009yilga nisbatan o’sish, foizda 116,1 136,1 156,1 178,6 2,1 m. 2,3 m. 2,7 m. II. Aholi jon boshiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi, ming so’m 911,7 1148,7 1429,1 1774,0 2141,9 2407,6 2905,6 Hozirgi vaqtda, respublikada xizmatlar sohasida 16,5 mingdan ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlarini qo`shgan holda) va 126 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyat ko`rsatmoqda. 30 2-rasm Faoliyat turlari bo’yicha xizmatlar sohasida bandlarning ulushi 2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi. 2016 yilda Namangan, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Toshkent shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda (3-rasm) 3-rasm 2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish hajmining o`sishi (foizda) 31 Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko`rsatkichiga aholi soni muhim ta`sir ko`rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo`lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan Qashqadaryo, Namangan, Farg`ona, Andijon va Samarqand viloyatlariga qaraganda ancha yaxshi ko`rinadi(4,5-rasm). Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling