Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

4-rasm 
2010 yilda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo’yicha hududlar reytingi 
(ming so’m) 
5-rasm 
2016 yilda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo’yicha hududlar reytingi 
(ming so’m) 
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish 
sanoatini hisobga olmagan holda) – Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri 


32 
bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Samarqand, 
Namangan, Xorazm, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga nisbatan yuqoriligi 
kuzatildi (6-rasm). 
6-rasm 
2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 
(ming so’m) 
7-rasm 
Hududlar bo’yicha aholi jon boshiga xizmatlar o’sishi (foizda) 
Shu bilan birga, respublikaning iqtisodiy rivojlangan hududlarida yuqori salmoqqa 
ega bo`lgan xizmat turlarining oshishi tendentsiyasi kuzatilmoqda (8-rasm). 
8-rasm 


33 
Jami transport xizmatlari hajmida hududlar bo’yicha transport xizmatlarining 
ulushi (foizda) 
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga 
O`zbekiston Respublikasida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning yaIMdagi hissasi 
ortib bordi. Xususan, 2010 yilda yaIMda xizmatlar sohasining ulushi 46,9 foizni 
tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha (dastlabki ma`lumot) 49,5 foizga yetdi 
(9-rasm). 
9-rasm 
YAIMda xizmatlar ulushi 


34 
Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko`rsatish turlariga bo`lgan talabning 
doimiy o`sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni 
(ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo`yicha 
ko`rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal 
rivojlanishini ta`minladi (10-rasm). 
10-rasm 
2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o`sishi 
Masalan, savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste`molchiga yo`naltirilgan 
bozor talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga aylandi. Hozirgi 
vaqtda, savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko`rsatilgan jami xizmatlar hajmining sezilarli 
(27,4 trln.so`m) qismini tashkil etib, 2010-2016 yillarda 3,1 martaga ko`paygan(11-
rasm). 
11-rasm. 2016 yilda savdo va boshqa xizmatlar hajmining o’zaro bog’liqligi 
(trln so’m) 
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari jadal rivojlanib, ularning umumiy hajmi 4,6 
martaga oshgan. Telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlashtirish va axborot 


35 
texnologiyalarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish milliy dasturlarining amalga 
oshirilishi, simsiz telefon aloqalarning o`sishiga, uyali aloqa abonentlari va Internet 
tarmog`iga jamoaviy ulanish joylari sonining ko`payishiga olib kelmoqda.(12, 13-
rasmlar).
12-rasm. Mobil aloqa xizmatlarining o’sish darajasi 
(foizda) 
13-rasm. Internet xizmarlari hajmi va abonentlar sonining o’sishi 
2016 yil yakunlari bo`yicha, aholining uyali aloqa bilan ta`minlanishi 100 kishi 
hisobiga 65,3 birlikni tashkil etdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro kanallarning ma`lumotlarni 
uzatish qobiliyati 54980 Mbit/s (2010 yilda 2510 Mbit/s.)ni tashkil etgan. Hozirgi 
vaqtda, raqamli televideniega to`liq o`tish bo`yicha keng ko`lamli dasturlar amalga 
oshirilmoqda(14-rasm). 


36 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling