Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

5-rasm. Innovatsiya joriy qilgan tashkilotlar va innovatsiyalar soni (2016 yil) 


44 
Respublika bo‘ycha 2016 yilda xar bir innovatsion faol tashkilot o‘rtacha 2 tadan 
innovatsiya joriy qildi. Jumladan xar bir innovatsion faol tashkilotga Andijon
Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida o‘rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, 
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida o‘rtacha 2 tadan 
innovatsiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va 
Xorazm viloyalarida o‘rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilingan. 
6-rasm. 2016 yilda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, 
ishlar, xizmatlar hajmining innovatsiyalarni o‘zlashtirilgan muddatlari bo‘yicha 
taqsimlanishi 
(foizda) 


45 
2016 yilda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar jami ishlab chiqarilgan innovatsion 
mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining 20,8 foizini (2221,5 mlrd.so’m) tashkil etdi. 
Ushbu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan Andijon viloyatida 80 foizni (709 mlrd.so’m), 
Buxoro viloyatida 54,5 foizni (42,1 mlrd.so’m) tashkil qilgan. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lsa ishlab chiqarilgan innovatsion 
mahsulotlarning katta qismi (mos ravishda 97 foiz hamda 76,4 foiz) 2014-2015 
yillarda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar hissasida to‘g‘ri kelgan. 
Nazorat savollari: 
1. Xalqaro menejmentga ta’rif bering. 
2. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplarini yoriting. 
3. Mamlakatda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik nima? 
4. Mahsulotning xalqaro hayotiy stikli tamoyilining mohiyati nimada? 
5. Bevosita xorijiy investitsiyalar nima? 
6. Korxonaning chet eldagi faoliyatiga qanday omillar ta’sir etadi? 
7. Boston matristasi bo’yicha jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmatlar bilan chiqish 
jarayonini tasvirlang. 
II Bob. Xalqaro biznes yuritishning o’ziga xoc xusisiyatlari. 
3-§. Xalqaro biznes yuritishning usullari. 
3.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash 
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda 
harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “ishlab 
chiqarish harajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan 
ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy harajatlari asosiy tamoyillariga amerika 
avtomobilsozligi asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu 
yerda ishlab chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi 
mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab 
chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi. 


46 
Zamonaviy 
sharoitlarda 
xorijiy 
tadbirkorlikni 
rag’batlantiruvchi 
omillarga 
quyidagilar kiradi: 
- ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish; 
- nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib beruvchisi 
sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida AQShda yapon kompaniyalarining 
avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy yapon avtomobil 
kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari, 
avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o’rnasha 
boshladi; 
- hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar hukumati 
yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki 
(XRTB), Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) va 
boshqalarning 
rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari 
ko’pincha 
rivojlangan 
mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita 
xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi; 
- kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy 
bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga solishi bilan bog’liq 
harajatlar (masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha 
milliy me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) 
misol bo’lishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish 
sharoitlarining yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi, 
shuningdek milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi 
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi. 
Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining 
“mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga 
asoslanadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon ishchi 
kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali mutaxassislar, muxandislar va 
olimlar)ning mavjudligi; 


47 
- eksport uchun proteksionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga tayyor 
mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni 
tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi; 
- qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan chi-
qishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib olish maqsadga 
muvofiq; 
- xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil 
qilish tajribasini egallash; 
- tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab va 
ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatishni diversifikastiya qilish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik darajasini 
saqlab qolish; 
- qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning past foizi
mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish; 
- jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport tovarlarining 
raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli soliqqa tortish. 
Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni 
ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat 
yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab 
chiqarish kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham 
tushuntiriladi. 
Chet ellik hamkorlar oldida u yoki bu qimmatga ega bo’lgan va mos ravishda
firmaning xalqaro bozorga chiqishi uchun foydalanish mumkin bo’lgan milliy 
afzalliklar quyidagilar: 

yuqori malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi;

qator tarmoqlarda tadqiqot va loyihalarning yeterli darajada yuqori ekanligi;

xodimlarning hali Sovetlar davrida ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida ishlash tajribasi;


48 

qayta qurish davrining oxirida korxonalar tomonidan sotib olingan va eksport 
uchun yaroqli sifatda tovar ishlab chiqarish imkonini beradigan asosiy fondlar.
Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish 
sharoitiga moslashuviga jahon moliyaviy inqirozining ta’siri va oqibatlarini tahlil 
etadigan bo’lsak, albatta xalqaro firmalar faoliyatini bir oz susayganligini ko’rish 
mumkin. Lekin, “shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-
kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va 
tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli 
darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud 
ekanini ta’kidlash joiz”
10
.

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling