Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

 4.1. Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash
Tashqi bozorda faoliyat yuritish nuqtai-nazaridan iqtisodiyotning barcha tar-
moqlarini 2 guruhga ajratish mumkin:
1) alohida milliy bozorlarga xizmat ko’rsa-tuvchi ko’p millatli tarmoqlar, bunda har 
bir tarmoq (oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, sug’urta) qabul qiluvchi mam-lakatga 
qarab o’z xususiyatiga ega bo’ladi.
2) butun jahon bozorini hisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab xususiyatlarini 
minimal aks ettiruvchi global tarmoqlar (fuqaro aviatsiyasi, televidenie, yarim 
o’tkazuvchilar ishlab chiqarish)ning mavjudligi. 
Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni boshqarish 
uchun xalqaro kompaniyalar dunyo ko’lamida raqobatbardoshlik darajasini tutib 
turish maqsadida global strategiyani qo’llaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy filial-


61 
larning butunjahon tarmog’iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida resurslarga ega, 
eng past ishlab chiqarish harajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar va 
masshtab samarasini keng qo’llaydilar. Ular o’z tadqiqot markazlarini bosh 
kompaniya joylashgan davlatlarda emas, balki ko’pincha yaxshi sotish bozorlari 
mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashtiradilar. 
Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal qilayotgan qabul qiluvchi mamlakatda 
shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega bo’lish ancha qiyin, jiddiy 
tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi 
mamlakatlarda eng samarali faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-
iqtisodchilari va marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror 
loyihasini tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon 
bozoriga yetkazib berishda xalqaro kompaniya imkoniyatlarini tanqidiy baholaydilar 
va chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir necha aspektlarda ko’rib 
chiqadilar: 
1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu aspektda birinchi 
navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy korxonalar va faoliyat 
ko’rsatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro kompaniyaning raqobatbar-doshlik 
darajasini baholash zarur. Bundan tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab 
chiqarishni boshqarish va tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo’lgan 
sharoitlarga javob berishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, raqobatli 
kurashda ulardan o’zish imkoniyati darajasini, xalqaro kompaniyaning mo’ljalla-
nayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi mamlakat millati psixologiyasiga javob 
berishini aniqlab olish zarur. 
2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish sharoitlari aspekti. Bu yo’nalishdagi 
tahlil predmeti bo’lib quyidagi omillar xizmat qiladi: iqtisodiyotning qaysi 
tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yaqqolroq namoyon 
bo’ladi, xalqaro kompaniyani qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI uchun asos 
mavjudligi va nihoyat, qabul qiluvchi mamlakat xalq xo’jaligidagi zaif tomonlarning 


62 
(kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy sarmoyadorlar 
faoliyati bilan to’ldirilishi mumkinligi. 
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning murakkablik 
darajasi va xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanal-larining 
jahon bozorida qabul qilingan kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. Ichki 
talabning rivojlanish tendensiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assor-timentini 
shakllantirish yo’nalishlarini belgilaydi. 
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani qabul 
qiluvchi mamlakatda mahsulotini yirik iste’molchilarining mavjudligi haqidagi 
axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun u yerda 
loyihalashtirilayotgan korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi 
tarmoqlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat 
sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial yet-kazib 
beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi detallarni yetkazib berish 
imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi. 90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan 
kompaniyalar qo’llagan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari 
o’z ustunliklari va kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif 
qilingan ularning turkumlanishi 3.1-jadvalda berilgan.
3.1-jadval
Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va turlarining 
afzalliklari va kamchiliklari
Korxonalar tashqi 
iqtisodiy faoliyati turi 
Afzalliklar 
Kamchiliklar 
Tashqi savdo
Sotish bozorini kengaytirish, 
milliy ishlab chiqarishni 
rag’batlantirish 
Bojxona to’siqlari sabab-
li sotish harajatlarini oshi-
rish, 
valuta 
paritetlariga 
bog’liqlik
Litsenziyalar 
Kam 
sarmoyalar 
sababli Litsenziyalar va subetkazib 


63 
ayirboshlash, 
franchayzing, yetkazib 
berishlar 
qaltisliklarning 
qisqarishi, 
muayyan turdagi faoliyatga tor 
ixtisoslashuv
beruvchilar faoliyati ustidan 
nazorat 
uchun 
kam 
imkoniyatlar
Chet el korxonalari-
ning qurilishi, firma-
larning qo’shilishi
Sarmoyador tomonidan to’la 
nazorat, korxona joylashuv 
o’rnida aniqlik
Katta kapital qo’yilmalar 
evaziga qaltislik va qabul 
qiluvchi mamlakatda noti-
jorat qaltisliklari
Strategik alyanslar
ITTKIda kooperatsiya texno-
logiyalar ayirboshlashni ken-
gaytirishda va qo’shma kor-
xonalar tashkil qilishda keng 
imkoniyatlar
Qo’shma dasturlarni o’tka-
zishni nazorat qilish qiyin-
chiliklari, 
qarorlar 
qabul 
qilish muddatlarini uzayti-
rish, unikal mahsulotga mo-
nopoliyani yo’qotish xavfi
Bevosita xorijiy inves-
titsiyalar 
Sotish bozorlarini kengaytirish 
va axborot olish imkoniyat-
larini kengaytirish
Xorijiy aktivlarni yo’qotish 
xavfi

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling