Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

3.2. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari 
Xorijiy firma faoliyat yuritish jarayonida odatda milliy xususiyatlarga ega bo’lgan 
sharoitlarga moslashishi kerak bo’ladi. Bunda moslashish omillari ikki 
guruxga: sub’yektiv (xorijiy firmaning tashkiliy tuzilmasi va strategiyasiga bog’liq 
omillar) va ob’yektiv (firma ta’sir ko’rsata olmaydigan va faqat moslashishga majbur 
bo’luvchi omillar) omillarga bo’linadi (2.1-rasm). 
Ushbu omillar quyidagilardan tashkil topgan. 
2.1-rasm 


49 
Huquqiy me’yorlar. Xorijiy kompaniyaning chet elda samarali faoliyat 
yuritishining so’zsiz sharti bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlariga rioya qilish 
hisoblanadi. Ularga federal, mahalliy va mintaqaviy qonuniy hujjatlar kiradi. Bunda 
huquqiy me’yorlarning milliy xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Masalan, Yaponiyada 
biznesmenlar shartnomalarda qonuniy hujjatlarga asoslanmaslik va muzokaralarga 
huquqshunoslarni jalb qilmaslikni ma’qul ko’radi. Bu esa ularning sherikka nisbatan 
yuqori ishonchini namoyon qiladi.
Kompaniya xodimlarining milliy mansubligi. Sayyoramizdagi etnik guruhlar 
o’rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy tafovutlar qabul qiluvchi mamlakatda 
menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotish usullariga moslashishga, mahalliy 
xodimlar bilan munosabatlarga va pirovardida mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir 
etadi. Chet elda o’z millatidagi malakali ishchilar va xizmatchilarni, ya’ni bosh 
kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat fuqarolarini ishlatish firmani 
xorijdagi samarali faoliyati uchun ishonchliroq. Shu bilan birga qabul qiluvchi 
mamlakat mutaxassislarini yollash bir qator afzalliklarga ega. Ularning mahalliy 
mintaqaviy va federal hukumat muassasalari bilan munosabatlarni o’rnatishlari 
yengilroq, o’z milliy bozorining xususiyatlarini, iste’molchilarning didlari va 
talablarini yaxshi biladilar va pirovardida xorijiy kompaniyaning qabul qiluvchi 
mamlakat sharoitlariga tezroq va osonroq moslashishiga yordam beradilar. 90-
yillarda qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislari sonining TMK boshqaruvining hatto 
yuqori darajalarida ko’payish holati ham ana shu sabablar bilan tushuntiriladi.
Mahalliy urf-odatlar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning urf-odatlari ba’zan 
sanoati taraqqiy etgan davlatlarda qabul qilingan biznes yuritishning umumiy 
me’yorlari va ishga doir etikadan jiddiy farq qiladi. Ayrim rivojlanayotgan davlat-
larda rasmiy shaxslarni rag’batlantirmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanish qiyin.
Ishlab chiqarish munosabatlari. Chet elda xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ul-
lanishni boshlashdan oldin qabul qiluvchi mamlakatda o’rnatilgan ishlab chiqarish 
munosabatlarining prinsiplarini, kasaba uyushmalarning faoliyatini va mehnat 
qonunchiligini o’rganish maqsadga muvofiq.


50 
Aksiyadorlar uchun jozibali tomonlar. Qabul qiluvchi mamlakatda aksiya-
dorlarni birinchi navbatda albatta aksiyalarga belgilangan yuqori dividendlar 
qiziqtiradi. Bundan tashqari kompaniya yillik hisobotlarida potensial aksiyadorlar 
uchun kompaniyaning texnologik yutuqlari va faoliyat qaltisligini qisqartirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar chop etiladi. Tarmoqning birinchi 
beshligiga kiruvchi kompaniyalarning aksiyalari eng katta qiziqishga ega bo’ladi.
Raqobat. Xalqaro toifali menejer jahon bozoriga chiqish milliy bozordagi 
faoliyatdan ko’ra raqobatchilar sonining o’sishi bilan bog’liq qo’shimcha 
muammolarning paydo bo’lishini hisobga olishi zarur.
Iste’molchilar. Turli mamlakatlarda iste’molchilarning talabi va didlari jiddiy 
farqlanadi. Xalqaro toifali menejerning asosiy muammolariga ana shu turli-tuman 
ehtiyojlarni qondirish yo’llarini topish kiradi. Bu muammoning hal qilinishini turli 
davlatlarda mahsulot va xizmatlarni sotish uchun tajribali xodimlarni tanlash, shu 
jumladan qabul qiluvchi mamlakatdagi mahalliy mutaxassislarni yollash ancha 
osonlashtiradi. Masalan, AQShda avtomobillar bozorining 20 foizdan ortig’ini 
egallagan yapon avtomobillarini sotish bilan odatda yaponlar emas, balki ular 
yollagan yuqori malakali amerikalik menejerlar shug’ullanadi. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling