Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

14-rasm. Xalqaro kanallarning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati 
2010-2016 yillarda moliyaviy xizmatlar hajmi 4,2 martaga oshdi. Bunday 
o`sishga, tijorat banklarining, ularni kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligini 
oshirishni o`z ichiga olgan moliyaviy faoliyatlarini takomillashtirish natijasida 
erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini kreditlashning 
takomillashgan 
mexanizmi, 
istiqbolli 
investitsiya 
loyihalarini 
kreditlashni 
kengaytirish, shuningdek yangi elektron to`lov texnologiyalarini joriy qilgan holda 
moliyaviy 
tashkilotlarning 
hududiy 
tarmoqlarini 
kengaytirish 
moliyaviy 
xizmatlarning o`sishiga ta`sir ko`rsatgan boshqa omillar bo`ldi (15-rasm). 
2.3. O`zbekiston respublikasida m
oliyaviy xizmatlarning holati 
 
15-rasm. Moliyaviy xizmatlarning o’sishi 
Sog`liqni saqlash tizimining isloh qilinishi, yuqori texnologik tibbiy yordam 
ko`rsatish bo`yicha tibbiy xizmat ko`rsatish darajasining oshirilishi, sog`liqni saqlash 


37 
amaliyotiga ilg`or chet el tajribalarini keng joriy etilishi sog`liqni saqlash sohasi 
xizmatlarini 4,9 martaga oshirish imkonini berdi (16-rasm). 
16-rasm. Sog’liqni saqlash sohasida xizmatlar hajmi 
(mlrd so’m) 
Hozirgi vaqtda, xizmatlar ishlab chiqarish iste`molchilarning daromadlari darajasi, 
didi va nimani afzal ko`rishlariga qarab tabaqalanib bormoqda. 
Hajmlarning o`sishi bilan birga, bozor xizmatlarining tarkibiy nisbatlari ham 
o`zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari qisqarib, yangi bozor 
xizmatlarining ulushi ko`paydi. 
Xususan, 2010-2016 yillarda transport xizmatlarining ulushi 36,2 foizdan 28,2 
foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 8,0 foizdan 6,8 foizga kamaygan. Shu 
bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 25,4 foizdan 29,6 foizga, moliyaviy 
xizmatlar ulushi 10,2 foizdan 10,7 foizga, ta`lim sohasidagi xizmatlar 2,9 foizdan 3,5 
foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,1 foizdan 3,3 foizga, ko`chmas mulk 
bilan bog`liq xizmatlar 3,1 foizdan 3,7 foizga ko`paydi. Kompyuterlar va maishiy 
tovarlarni ta`mirlash bo`yicha xizmatlar, me`morchilik, muhandislik izlanishlari
texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar va boshqa xizmatlarning jami xizmatlar 
hajmidagi ulushi o`zgarishsiz qolgan (17- va 18-rasmlar). 


38 
17-rasm. 2010 yil xizmatlar tarkibi (foizda) 
 
18-rasm. 2016 yil xizmatlar tarkibi (foizda) 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xizmatlar ishlab 
chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. 
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik 
sub`ektlariga, xizmatlar ko`rsatish bo`yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni 
texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. 
Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi 
ulushi 53,9 foizdan 61,4 foizga ko`paydi (19-rasm). 
19-rasm. 2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi 


39 
yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik 
siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada bar-
qaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy 
o`zgarishlar qilish imkonini beradi. 
Bu esa, O`zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona 
tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada 
oshirilishini ta`minlash imkonini beradi. 
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan 
islohotlar nafaqat korxonalarda ishlatiladigan texnika va texnologik jarayonlarni 
yangilashni, balki boshqaruv va hisobini tashkil etishda innovatsion yondashuvni 
talab etadi. Shu nuqtai nazardan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
baholashning amaliyotda qo‘llaniladigan ayrim jihatlarini tadqiq etish katta 
ahamiyatga ega. 
Quyidagi grafikda so‘nggi yillarda o‘z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, 
xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar dinamikasi keltirilgan. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling