Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

5.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida hal qiluvchi 
rol AQSh TMKlariga taalluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari NAFTAga katta umid 
bog’laydilar. Yaqin yillarda amerika eksportining jiddiy kengayishi va shu bilan 
bog’liq ish joylarning ko’payishi kutilmoqda. Mehnatsig’imli, materialsig’imli va 
ekologik qimmat ishlab chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko’chirish davomida 
ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining 
raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyati tug’ilsa ajab emas. Masalan, 
Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab chiqarilgan detal-
lardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada 
yig’ilgan mashinalardan kam emas. Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, 
“Kraysler”, “Djeneral motorz” yaqin yillarda shunday yo’l bilan ishlab chiqarish va 
sotishni kengaytirishi va 4-10 % ga o’z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda. 
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan texnologik 
tarmoqlarni (o’lchov asMAVZUlari, kompyuterlar, aloqa vositalari va boshqa ishlab 
chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini oshirish va bozorni 
kengaytirish orqali o’z foydasini oshirishni nazarda tutmoqdalar. Bunda kanada 
kapitalining janubga kuchishini kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, 
boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining 


84 
shakllanishi uchinchi mamlakatlardan, asosan YeI va Yaponiyadan bevosita va 
portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi. 
EIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya
Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA 
Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz 
moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z 
iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish 
muddatini yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning 
uchun ikki shimoliy davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol 
erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo 
to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash 
cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat tovarlari bilan o’zaro 
savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning ko’pchiligi esa 
2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, avtomobillar va 
to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan. 
Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan 
alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va 
AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va 
Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay 
olib tashladi, uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 
3,9%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan 
arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil 
mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi 
kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, 90-yillar o’rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p tarmoq-
larida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy tadbirkorlarga 
energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib chiqarishga 
transport va kommunikatsiya infrastrukturasiga mablag’lar investitsiyalash hozircha 
ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi cheklangan sohalarda uni 2001 yildan 


85 
boshlab - 51 % gacha, 2004 yildan boshlab – 100 % gacha kengaytirish ko’zda 
tutilmoqda. 
Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning ishtirok etish 
cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa Amerika va Kanada moliyaviy 
kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini egallash imkoniyatini 
yaratadi. 
NAFTA dan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti AQSHniki bilan 
chambarchas bog’liq bo’lsada, Meksika iqtisodiyoti bilan aloqalari unchalik 
rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada ham integratsion 
jarayonga yanada ko’proq tortiladi va kengayotgan bozordan devidentlar oladi. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling