Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

6.1. Menejment uslubi
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda korxonalarning samarali 
faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment 
uslubiga ta’sir ko’rsatadi. Global menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda 
muloqot ko’rinishi, ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor 
xususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni 


95 
tashkil qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining 
dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga duch keladi. Global 
menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning xalqaro menejment 
faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan yettita 
asosiy elementlarini ajratadilar: 
1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda muzokaralar o’tka-
zilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy ustunlikka ega bo’ladi. Ular muzokaralar 
davrida kam harajat qiladi va mahalliy bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan 
yaxshiroq ta’minlangan. 
2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. Ularni bilish 
ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy iste’molchilar va yetkazib 
beruvchilar bilan oson til topishga yordam beradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom fundamentalizmi, 
xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil qilish va faoliyat yuritishiga 
jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati o’rnati-
lishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin. Masalan, Rossiyada “Makdonalds” 
restoranlarini tashkil qilish haqidagi muzokaralar 10 yil atrofida davom etgan. 
Ekspertlar baholashicha, 90-yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o’rtasida 
qo’shma korxona tashkil qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil atrofida 
davom etgan. 
5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer tomonidan o’rga-nilgan 
bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak. 
6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy filialining 
faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi. 
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik xorijiy filial faoliya-
tida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-mamlakatlar 
korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin farqlanuvchi milliy 


96 
xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning qiyinchiliklari yumor yordamida 
ifoda etilgan. 
Umumyevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar:
 
nemislar yumorni tushunmasa,
 
finlar sukut saqlasa,
 
inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa,
 
lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa,
 
fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa,
 
ispanlar mag’rur,
 
italyanlar xissiyot og’ushida,
 
gollandiyaliklar ziqna,
 
belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa,
 
portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira olmasa,
 
shvedlar o’ta birqarashli,
 
greklar tashkiliy bo’lmasa,
 
irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa,
 
avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa.
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy menejment 
uslublari mavjud.
6.2. G’arbiy menejment uslubi
 
G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznesning alohida 
yo’nalishlari rahbarlarining katta individual mas’uliyati va bilimdonligi kiradi. 
G’arbiy menejment uslubining eng xarakterli va namunaviy vakili bo’lib amerika 
menejerlari misol bo’ladi. Xususan, amerikalik biznesmenlar muzokaralarda umumiy 
qarorni kelishish jarayonida to’g’ri yo’li va gapini o’tkazishga harakat qiladi. Ular ish 
maqsadiga tez erishishga intiladilar, masalalarni birin-ketin kelishib pragmatik 
turkumlaydilar, muzokaralarni o’zaro kelishuv bilan yakunlashga harakat qiladilar, 
bunda bitim imzolashning asosiy sharti sheriklar o’rtasida o’zaro foyda va kelishuvga 


97 
erishish yutug’i emas, balki qonunlarga rioya qilish hisoblanadi. Muzokaralarda 
amerika korporatsiyasi vakillari tarkibiga albatta qaror qabul qilish vakolatiga ega 
rahbar kiradi. Shuning uchun ular muzokaralar vaqtida kam tashkilotchi sheriklari 
munozaralarni to’xtatib, qaror qabul qilish uchun muzokaralarga kelmagan rahbariyat 
bilan kelishishga chiqib ketganlarida o’zlarini ishonchsiz va noqulay his qiladilar. 
Amerika menejmentiga quyidagi xususiyatlar xos: 
- firma xodimlari o’z kompaniyasiga sodiklik fazilatiga ega bo’lmay, undan 
yaxshiroq va foydaliroq ish topilgan zahoti uni tark etishga tayyor; 
- qarorni bir rahbar qabul qiladi, unga bo’ysunuvchilar esa ishlab chiqarish, sotish 
harajatlarini va mumkin bo’lgan foydani tahlil qilish asosida qaror chiqarishga 
yordam beradilar; 
- ishlab chiqarish munosabatlari hech qachon shaxsiy, norasmiy munosabatlarga 
aralashtirilmaydi. 
G’arbiy menejment uslubida bir necha ko’rinishlarini ajratish mumkin. Masalan, 
Yevropa mamlakatlari vakillari orasida menejment uslubida jiddiy farqlar mavjud. 
90-yillarda Germaniyadan Buyuk Britaniyaga sarmoyalar oqimining o’sishi u yerda 
Germaniyaga nisbatan ishlab chiqarish va sotish harajatlari pastligidan dalolat beradi 
va demak, ingliz menejment uslubi o’z afzalliklariga ega. Agar nemis 
menejmentining xususiyatli belgilari sifatida uzoqni ko’zlash va yuqori intizom 
namoyon bo’lsa, ingliz menejmenti uchun quyidagilar xarakterli: 
- ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga kuchli e’tibor; 
- ITTKIni astoydil o’tkazish va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishni tez o’z-
lashtirish (masalan, ingliz kompaniyalarining telekommunikatsiya va farmatsevtika 
sohasidagi yutuqlari); 
- texnologik jarayonlarning qo’llanilishida egiluvchanlik (agar Germaniyada qabul 
qilingan texnologik instruktsiyalar o’zgartirilishidan avval uzoq kelishuvlar 
o’tkazilsa, ingliz firmalarida texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish va 
takomillashtirish tez amalga oshiriladi); 
- ishlab chiqarish detallari va nozikliklariga e’tibor; 


98 
- ishchi kuchiga nisbatan kam haq to’lash (Germaniyada ijtimoiy ta’minotga yuqori – 
25 % gacha daromad solig’i, ish xaqining muntazam o’sishi va nemis markasining 
o’sib boruvchi kursi 90-yillar oxirida ish xaqi o’rtacha darajasining Buyuk 
Britaniyaga nisbatan salkam 2 marta yuqori bo’lishiga olib keldi). 
Bundan tashqari, Germaniyaga nisbatan inglizlarda ishlab chiqarish jarayonida 
menejerlar tomonidan ishchilarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash zaruriyatini nazarda 
tutadigan konstruktiv ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatildi. Bu Buyuk Bri-
taniyada ish kuni va uskuna ekspluatatsiyasining mashina vaqti uzunroq davom etishi 
saqlanishiga ko’mak berdi. 
Dunyoda yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay, yapon firmalari 
g’arbiy menejment uslubidan, xususan Fransuz mahsulot ishlab chiqarish va sotishni 
boshqarishni tashkil qilish uslubidan foydalanish hollari ma’lum. Xususan, 
Yaponiyada yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi ikkinchi “Nissan” 
kompaniyasi 90-yillar oxirida qiyin davrni boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999 
yilda “Reno” Fransuz avtomobilsozlik firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul kildi. 
Alyans mafkurachilaridan biri bo’lib, oxirgi uch yil ichida “Reno”ni muvaffaqiyatli 
restrukturizatsiya qilganligi uchun “Harajatlar qotili” nomini olgan “Reno” 
kompaniyasining yetakchi menejeri Karlos Gan xizmat qildi. 
Alyans doirasida yapon kompaniyasi o’z oldiga Fransuz menejmenti usul-laridan 
foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va yetarli 
bo’lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal qilish va ilmiy ishlanmalarga 
harajatlarni qisqartirish, yagona strategiyani ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid 
qilish va shu kabilar bo’yicha kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo’ydi. Bundan 
tashqari, strategik jihatdan fransuz va yapon kompaniyalari ta’sir doirasini 
kengaytirish (“Nissan” kompaniyasining o’rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno” 
kompaniyasi Yevropa bozorida yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan yutadilar. 
Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda ishlab chiqarish va sotish harajatlarini 
qisqartirishda gayratli franstuz menejmenti prinsiplarining ishchilarni bushatish va 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarini 
qisqartirishni 
olqishlamaydigan 
konservativ 


99 
korporatsion an’analarga ega yapon menejmenti prinsiplari bilan to’qnashish imko-
niyatini ko’rmoqdalar. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling