Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

8.4. O’zbekistonda investitsiya siyosatini rivojlantirish yo’nalishi 
 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish va sarmoyaviy faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar 
yaratish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni 
liberallashtirish jarayonida investitsiyaviy muhitni yaxshilash va uning joziba-
dorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish 
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi dolzarb vazifalar, jalb qilingan 
xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq izchillik bilan olib borilayotir. Toshkent shahrida 8 
noyabr kuni “Investitsiyaviy muhitni takomillashtirish: erishilgan natijalar va ustuvor 
yo‘nalishlar” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida ushbu yo‘nalishdagi 
ishlar haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Investitsiyalar bo‘yicha davlat 
qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston Respublikasida 
investitsion muhitni yaxshilash” loyihasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, 
Xalqaro press-klub hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, 
Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik 
korpus hamda xalqaro tashkilotlar, tahliliy markazlar, ishbilarmon doira vakillari, 
ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari 
S.Safoyev, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT 
Taraqqiyot dasturining doimiy vakili X.Freyzer va boshqalar O‘zbekistonda xorijiy 
2
http://www.miga.org/about
маълумотларига асосида тузилган 


134 
sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilganini, 
bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijiy investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan 
qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, investitsiya salohiyatini to‘liq ro‘yobga 
chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli 
islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bunday sa’y-harakatlar 
iqtisodiyot sohasining barcha yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirishga xizmat 
qilmoqda.
Qulay investitsiyaviy muhit eng ilg‘or xalqaro tajribalar asosida xorijiy 
investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik 
bazasini izchillik bilan isloh qilib borishni taqozo etadi. Soha mutaxassislarining 
so‘zlariga ko‘ra, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan sarmoyaviy 
hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar ham bevosita puxta ishlab 
chiqilgan qonunchilik bazasiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi 
A.Ahmadxo‘jayev mamlakatimiz sarmoyaviy salohiyatini yanada oshirish maqsadida 
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan investorlarning huquq va 
qonuniy 
manfaatlarini 
himoya 
qilishning 
samarali 
mexanizmlari 
ishlab 
chiqilayotganini qayd etdi. Xususan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 
tomonidan Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturining yetakchi ekspertlari 
ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya kodeksini ishlab chiqish 
bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Mazkur kodeks konsepsiyasi tadbir 
ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.
– Investitsiya kodeksining istiqbolda qabul qilinishi mamlakatimizda sarmoyaviy 
muhitni yanada takomillashtirishni ko‘zda tutadi, – dedi O‘zbekiston iqtisodiyotini 
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori 
Durbek Ahmedov. Bu xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan yagona davlat investitsiya siyosatining qonuniy asosini yanada 
mustahkamlashga xizmat qiladi.


135 
Anjumanda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Ernst & Young 
va KPMG kabi yirik konsalting kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda valyuta 
siyosatini liberallashtirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qabul 
qilingan chora-tadbirlarni yuqori baholadi, iqtisodiy islohotlarga oid o‘z tavsiyalarini 
berdi.
– 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatni har tomonlama rivojlan-
tirishga qaratilgan loyihalar aks etgani e’tiborga molik, – deydi Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett. – Mazkur Harakatlar 
strategiyasining barcha yo‘nalishlari bankimiz biznes modeliga mos keladi. Uning 
amaliyotga izchil joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugungi davra suhbati 
hamkorligimiz doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar ishlab 
chiqishga xizmat qiladi.
Tadbirda chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan davlat siyosatini hamda 
ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, biznesni tashkillashtirish, valyuta 
siyosatini erkinlashtirishning joriy holatiga oid masalalar atroflicha muhokama 
qilindi.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
investitsiya 
siyosati. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy 
etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng 
muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, 
xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini 
barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshi-
lashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. 
Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari: 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling