Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
Uzoq hududlar. Ko’pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq
hududlarda amalga oshiriladiki, KMK u yerda qulay sharoitlarni yaratmasdan yoki boshqa rag’batlantirishlarsiz ishlashga tayyor xodimlarni topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi o’zining amerikalik ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy teleradiostantsiya yaratgan. “INKO” firmasi esa o’zining AQShlik mutaxassislari uchun Indoneziyada maktablar, kasalxonalar, cherkovlar, supermarketlar, golf o’yini uchun maydonlar, yaxt-klub, motellar va restoranlar qurib bergan. KMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant- xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo’ladi. Qurilishga va obe’ktlarni ishga tushirishga ko’proq ishchilarni jalb qilish uchun KMK odatda qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga taklif etadi va zarur bo’lgan ishchi kuchining ko’p qismini chetdan jalb qiladi. Ko’pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar mavjud bo’lsa ham rozi bo’ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa muddatda pul jamg’arishga imkoniyat yaratadi. Kollej bitiruvchilarining tanlovi. Xalqaro kompaniyalar xorijiy korxo-nalar joylashgan mamlakatda qobiliyatli odamlarni tanlash maqsadida AQSh va boshqa mamlakatlar universitetlarining bitiruvchilari bilan tanishib chiqadilar. Lekin bunday yondashuv o’z kamchiliklariga ega, chunki bunday korxonalarda yetarli ish malakasiga ega kadrlar yetishmaydi. Yosh xodimlarning malakasi oshgan sari ularni yuqori lavozimlarga qo’yishadi. Bu holat korxonalarning ekspatriantlarga 188 bo’lgan ehtiyojini kamaytiradi. Ushbu kompaniyalar o’z yurtdoshlarini kerakli texnik malakaga ega bo’lmaguncha AQShda joylashgan korxonalariga ishga yollaydilar. Bir qancha kompaniyalar kadrlarni hisobga olish tizimini markaz-lashtiradilar, bu tizim ham mahalliy, ham chet eldagi kadrlarni o’z ichiga oladi. Ular haqida nafaqat texnik va demografik ma’lumotlar, balki chet tillarni bilish qobiliyati, chet elda ishlashga tayyorligi va moslashish qobiliyati bo’yicha testlarning natijalari mavjud. Moslashuvchanlik qobiliyatini baholash. Kompaniyalar xodimlarning moslashuvchanlik qobiliyatiga qaraganda texnik qobiliyatlariga ko’proq e’tibor beradilar. Uzoq muddatli xorijiy xizmat safarlari bo’yicha moslashuvchanlik qobiliyatini baholashga ahamiyatni kuchaytirish zarur. Masalan, mamlakat ichida lavozimlarining o’zgarishi oqibatida ko’chishlarga yaxshi moslashgan yoki xalqaro tashkilotlarda ish malakasiga ega bo’lgan xodimlar xorijdagi ish sharoitlariga ham yaxshi moslashadilar. Bundan tashqari ayrim kompaniyalar har xil test usullaridan biri bo’lgan “Boshlang’ich identifikatsiya dasturi”dan foydalanish orqali u yoki bu shaxsning ma’lum bir sharoitga moslashish qobiliyatini baholaydi. Bir nechta boshqa testlar yordamida odamning o’z xulq- atvorini o’zgartirishga tayyorligini ko’rsatuvchi shaxsiy xususiyatlari baholanadi. Bunday testlarga «Minnesota ko’pmartalik shaxsni baholash», «xarakter qirralarini Juilford-Simmerman bo’yicha aniqlash” va “Ell-Port-Vernon qimmatliklarni aniqlash tizimi”ni misol sifatida keltirish mumkin. Juda kam kompaniyalar xizmat safariga ketayotgan xodimlarning turmush o’rtoqlari bilan testlar va suhbatlar o’tkazadilar. Chunki xizmat safariga ketayotgan xodimga nisbatan uning oila a’zolari uchun yangi sharoitlarga va muhitga moslashishi qiyin kechadi. Xodimning boshqa davlatga ishga yuborilishi lavozim ko’tarilishidir, lekin uning ayoli uchun u yerda mehnat faoliyatini yangidan boshlashi kerak bo’ladi. O’z dugonalari va oila a’zolaridan ajralish ayoli uchun yolg’izlikni olib keladi. Ayrim kompaniyalar chet elda mehnat faoliyatini yuritish uchun xodimlarni tanlash va tayyorlashning murakkab tartibidan foydalanadilar. Bu 189 jihatlarning tahlili tanlash tartibining murakkabligi va moslashuvchanlik o’rtasidagi ijobiy bog’liqlikni ko’rsatadi. Yollashdan keyingi tayyorgarlik. Ko’pgina xodimlar kompaniyaning ayrim mamlakatdagi maqsadlarini uning global maqsadlaridan ustun qo’yadi, yoki xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish borasida yetarli tayyorgarlikka ega bo’lmaydi. Yondashuvlardan biri xodimlarni chet elda ishlash, xususan til va davlatni o’rganish uchun maxsus tayyorlashni o’z ichiga oladi. Boshqa yondashuv esa xalqaro biznes kurslarini universitetlarda menejerlarni tayyorlash jarayoniga kiritishni nazarda tutadi. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling