Borliq muammosi


Download 18.51 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi18.51 Kb.
#1247257
Bog'liq
Borliq muammosi


Borliq muammosi
Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. haqiqadan ham borliq unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni tashkil etadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o’rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya‘ni borliq azaldan mavjudmi yoki u mutlaq ruh tomonidan yaratilganmi degan masalaga borib taqaladi.
Xush borliq o’zi nima? Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo’lganidan biri faylasuflar e‘tiborini o’ziga jalb qilib keladi? Bu savolarga javob berish uchun biz borliq muammosining inson va insonlar hayoti bilan bog’liq real ildizlarini yoritishimiz lozim.
Borliq muammosining birinchi aspekti bir-biriga aloqador savollar javobidan iborat. Nima mavjud? Olam qaerda mavjud? “SHu yerda” va “hamma joyda”, olam qancha vaqt mavjud bo’ladi? “hozir” va “hamisha”, olam abadiydir, u bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi. Uning tashktil etgan narsalar esa o’tkinchidir. Borliq muammosining mazmuni ham abadiy olam bilan uni tashkil etgan o’tkinchi narsalarning dialektik birligi va aloqadorligini tashkil etishdan iborat.
Ushbu xulosadan ko’rinib turibdiki, borliq muammosi o’z mantig’iga ega bu mantiqqa asossan fikr yuritgan faylasuflar borliq mavjudligining ziddiyatli tomoniga, ya‘ni olamning abadiy bo’lgani hamda undagi narsa va holatlarning o’tkinchiligiga e‘tibor beradilar. Olam borlig’i narsalar borligi bilan chambarchas bog’liqdir. Demak, ular orasida ma‘lum aloqadorlik mavjud. Boshqacha aytadigan bo’lsak, olam mavjudlik orqali yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Borliq muammosining ikkinchi aspekti ham shu mulohazadan kelib chiqadi. Bu aspekt olamning birligi masalasi bilan bog’liq.
Olam inson ongiga bog’liq bo’lmagan abadiy yaxlitlikdir. Kishilar o’z faoliyatlarida abadiylikni o’tkinchilik bilan bog’laydilar, ushbu qarama-qarshiliklar birligini anglab yetishga intiladilar. Darvoqe, odam bolasi hamisha turli narsalarni yaxlit bir butunlikka, sinflarga birlashtirishga intilib kelgan.
Borliq haqida mulohaza yuritib ushbu ikkinchi xulosani chiqarar ekanmiz yana bir fikrni tan olmay ilojimiz yo’q. Tabiat yaxlit universal sifatida bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi, inson va jamiyat qachondir vujudga kelgan, bor hali uzoq muddat mavjud bo’ladi. Demak olam va uni tashkil etgan narsalar inson ongiga nimsbatan ob‘ektiv reallikdir.
Ob‘ektiv reallik qo’yidagilarni o’z ichiga oladi.
- insoniyat tomonidan o’zlashtirilmagan narsalar va tabiat jarayonlari;
- insoniyat tomonidan tabiat materiallaridan yaratilgan narsalar;
- ijtimoiy hayot.
Ob‘ektiv reallik o’z mantig’iga ega, buni e‘tibordan chetda qoldirmasloik darkor. Ayniqsa reallikni tubdan o’zgartirishga qo’l o’rganimizda ushbu tezisga alohida ahamiyat berishimiz kerak. biroq afsuski tarix ob‘ektiv reallikning ichki mantig’iga, qonuniyatlariga ahamiyat bermaslan unga volyuntaristik munosabatda bo’lganlar va shu pozitsiyadan voqelikni o’zgartirishga intilganlar. Bisyorligidan dalolat beradi. Ob‘ektiv reallik esa u bilan hisoblashmaganlardan shafqatsiz o’ch oladi.
Ob‘ektiv reallikdan farqli o’laroq, o’zga bir reallk ham mavjudki, u g’oya va ideallarda, fikr va mulohazalarda o’ziga xos sub‘ektiv reallik sifatida namoyon bo’ladi. Ob‘ektiv reallik bilan hisoblashish zarurligi kabi sub‘ektiv reallikni ham nazardan nari tutish bema‘nilikdir. /oya ham qudrat-uning bilan hisoblashmasalik aksariyat hollarda misli ko’rilmagan falokatlarga sabab bo’ladi.
Alqissa, borliq muammosining uchinchi aspekti qo’yidagicha talqin etiladi, olam va undagi narsalarning barchasi o’z ichki mantig’ig’a ega bo’lgan va inson ongiga nisbatan reallik hisoblanadigan voqelikdir. Borliq muammosining uch aspekti “borliq” kategoriyasining mazmunini to’liq ochib berish imkonini beradi.
Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan, insonning amaliy, gnesoelogik va ma‘naviy-axloqiy faoliyatiga tayanadi. Ushbu muammo “borliq” kategoriyasi, shuningdek uning bilan aloqadlor bo’lgan “yo’qliq”, “mavdujlik”, “materiya”, “ruh”, “harakat”, “makon”, “zamon” kabi tushunchalar yordamida anglanadi.
Biz tilga olgan tushunchalar kundalik turmushimizda til yordamida ifodalanadi. Biroq falsafa kategoriyalarining ularni ifodalovchi so’zlar bilan aloqadorligi o’ziga xos xususiyatga ega. Bir tomondan, ko’p asrlik amaliyot tegishli so’zlarning mazmunini boyitib boradi, natijada mazkur so’zlar falsafiy kategoriyalarning mohiyatini yoritishda qo’l keladi. Ikkinchi tomondan esa, shuni ham unutmaslik lozimki, odatiy so’zlar yordamida ifodalangan falsafiy tushunchalar o’ziga xos mazmunga ega, har qanday kategoriyaning (xususan “borliq” tushunchasining) mazmuni haqida mulohaza yuritar ekanmiz, yuqorida izohlangan xususiyatlarni e‘tiborda tutishimiz darkor.
Falsafiy kategoriyalar tg’risida fikr yuritgan va ularni bir sistemaga jamlashga intilgan buyuk faylasuflar har bir tushunchani shartli ravishldagina joriy qilish mumkin deb hisoblaydilar. Falsafada har qanday kategoriya alohida mazmun kasb etadi, shu bois bir tushuncha mazmuni ikkinchisining mazmuniga mos tushmaydi. Albatta bunday biror bir kategoriyaning mazmunini ochib berish uchun boshqasidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, kategoriyalarning dialektik tabiati bir tushunchaning mazmunini ikkinchi orqali ochib berishni shart qilib qo’yadi.
Ushbu mulahazalarga asoslanadigan bo’lsak, “borliq” kategoriyasini joriy etishda bildirilgan ikki e‘tirozning o’rinsiz ekanligiga amin bo’lamiz.
Birinchi e‘tiroz: “borliq” kategoriyasi narsalarning aniq belgilari haqida ma‘lumot bermaydi, shu boisdan undan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu e‘tiroz asossizdir, chunki har qanday falsafiy kategoriya olamning umumiy aloqadorligini ifodalamog’i lozim, bunda narsalarning aniq belgilari e‘tibordan chetda qoldiriladi. Ikkinchi e‘tiroz: borliq ibtidoda, “mavjudlik” kategoriyasi orqali anglanar ekan, undan foydalanmasa ham bo’ladi. Biroq “borliq” kategoriyasi narsalarning mavjudligini ifodalash bilan cheklanmasdan, kenroq mazmunga ham ega.
Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan olamning shaksiz mavjudligiga asoslanadi. Lekin falsafa nafaqat narsalarning mavjudligini nazarda tutadi, balki ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ham ochib beraldi, narsalar va ularning xossalari mavjuddir va majudligi orqali boshqa narsalar bilan birga yaxlit olamni tashkil etadi.
Ko’rinib turibdiki, “borliq” kategoriyasi nihoyatda boy mazmunga ega. xuddi shuning uchun ham anglab yetishda qator qiyinchiliklar, yanglishishlar yuzaga keladi. Xulosa qiladagan bo’lsak, borliqni falsafiy tushunish uchun borliq muammosining qo’yidagi uch aspektini yaxshi anglab olishimiz darkor a)borliq abadiy, u hamisha mavjud uni tashkil etgan narsalar esa o’tkinchidir; b)tabiat, jamiyat, inson, fikr va g’oyalar mavjuddirlar, ular o’z mavjudliklari orqali yaxlit olamni tashkil etadilar; v)olam va unda mavjud narsalar ob‘ektiv reallikdir. Borliq muammosini tahlil etish orqali “borliq” kategoriyasining mazmunini tushunib yetamiz. Borliq -olamning integral xarakteristikasini ifodalovchi kategoriya bo’lib, narsa va jarayonlarning mavjud bo’lgani tufayli yaxlit ekanligini, ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ko’rsatadi.
Download 18.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling