Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi fanidan
Download 64.6 Kb.
|
2 5456579825844098037 (2)
Metodika. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig’ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.
Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo’llash o’rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog’liq. Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog’lovchi vosita sifatida namoyon bo’ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o’z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqyeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o’zida metodologik tamoyil bo’lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hyech kim hyech qachon haqiqatni yo’qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. Fanda, ko’p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o’rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to’g’ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo’lovchining yo’lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto’g’ri yo’ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo’l ham to’g’ri bo’lmog’i lozim. Metod o’z-o’zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo’lishini ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo’llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko’ra, ular keng yoki tor ko’lamda qo’llaniladi. Har qanday fan o’z predmetini o’rganishda y yoki bu obyektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o’rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo’lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo’lni ko’rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qrnun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar obyektning qonuniyatlarini o’rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo’lsa, falsafiy metodlar shu obyektlarda namoyon bo’ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Aynan shu o’rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod obyektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhga bo’linadi. Ular quyidagilar: Download 64.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling