Borliq, yo‘qlik, mavjudlik tushunchalari, borliq haqidagi turli kontseptsiyalar
Download 28.37 Kb.
|
borliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monizm
- Plyuralizm
- Moddiy olam
Asosiy tushunchalar
Ontologiya - falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izoxlaydigan qismi. Bu tushunchani falsafada birinchi bor X.Volf qo‘llagan. Borliqning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm,dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan. Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir. Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g‘oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash. Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko‘plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko‘p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir. Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot. Idealizm — olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot. Borliqning eng asosiy shakllari quyidagilar - 1. Insondan, inson ongidan tashqarida obyektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan predmetlar, hodisalar, jarayonlardan iborat moddiy borliq. 2. Faqat inson ongida, ong bilan bogliq subyektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan fikrlar, g‘oyalar, qarashlar tarzidagi borliq. Bu ma’naviy borliqdir. Substansiya (lotincha, substantia – nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat, o‘zak degan ma’noni beradi) deb ataldi. Substansiya – muayyan narsalar, hodisalar, voqyealar va jarayonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Olamning namoyon bo‘lish shakllari xilma-xildir; Faqat moddiy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni Moddiy olam deyishadi. Ma’naviy, aqliy va ruhiy dunyoni qamrab oluvchi olamni Ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo‘lgan olam Aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan olam Potensial olam deyiladi. Olamning mavjudligi shubhasiz bo‘lgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan olam Virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtualis – ehtimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bo‘lgan olam Konkret olam deyiladi, Hayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi Abstrakt olam deyiladi. Muayyan predmet va hodisaning mavjudligini belgilovchi, namoyon qiluvchi xususiyatlarni atributlar deyiladi. Borliqning atributlari quyidagilardir: Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling