Bosh hisobchi: Xudoyarov N
Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari
Download 142.05 Kb.
|
Хисобот БХ 119 lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlarni baholash .
Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish; Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri baholash; Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich xujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash; Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash; Nomoddiy aktivlar butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish; Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish; Nomoddiy aktivlarga qilingan qo‘shimcha xarajatlarni (kapital quyilmalarni) to‘g‘ri hisobga olish. Nomoddiy aktivlarni baholash . Nomoddiy aktivlarni baholashda boshlang‘ich qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat, amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati turlari ishlatilishi mumkin (BXMS № 7, p. 9-15). Ushbu qiymat turlarining mohiyati asosiy vositalarni baholashda qullaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga to‘liq o‘xshashdir. Nomoddiy aktivlarni hisobga olish qiymati bo‘lib boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. Ushbu qiymat nomoddiy aktivlarni kelib tushish manbalariga qarab quyidagicha aniqlanadi: Ta’sischilardan ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida qabul qilinganda – ta’sischilarni kelishuv shartnomasi bo‘yicha; Sotib olinganda – sotib olish bahosi plyus barcha ishlashga tayyor holatga keltirishga ketgan xarajatlarni o‘z ichiga olgan qiymat bo‘yicha; Bepul olinganda – ekspert yo‘li bilan aniqlangan qiymat bo‘yicha; Ilmiy tadqiqot va izlanishlarning natijasi sifatida qabul qilinganda – haqiqiy tannarxi bo‘yicha. Amortizatsiyalanadigan qiymat boshlang‘ich va likvidatsion qiymat o‘rtasidagi farq bo‘lib, u amortizatsiya (eskirish ) summasini hisoblashda qo‘llaniladi. 21- son BHMS da nomoddiy aktivlar hisobini yuritish uchun aktiv bo‘lgan № 0400 «Nomoddiy aktivlar hisobi schyotlari» va kontraktiv bo‘lgan № 0500 «Nomoddiy aktivlarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan. Download 142.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling