Bosh hisobchi: Xudoyarov N


Download 142.05 Kb.
bet6/23
Sana09.06.2023
Hajmi142.05 Kb.
#1471944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Хисобот БХ 119 lotin1

"SAM XISOB MARKAZ" XK ma’lumotlar hisobini tahlili, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002-yil 9-sentyabrdagi 103-son karori bilan tasdiklangan va Adliya Vazirligidan 2002-yil 23- oktyabrda 1181-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Xisobining Milliy Standartlari, jumladan (21-BXMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash buyicha yo‘riqnoma» asosida amalga oshiriladi.
Xisob registrlari bu buxgalteriya xisobida jurnallar, jurnal orderlar, to‘lov va tarqatish vedomostlari buxgalteriya kitoblari, tasdiqlangan forma blankalar, kompyuterdan bosmadan chiqqan xujjatlar to‘plami va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlar oy yakuni buyicha aylanma vedomostlar va bosh kitobga o‘tkaziladi.


5. "SAM XISOB MARKAZ" XK ning ichki nazorat organlari, ichki auditorlik xizmatini tashkil etish holati
va uning funksiyalari
Korxonalarda ichki auditorlik xizmati oldida quyidagi umumbelgilangan vazifalar qo‘yilgan: korxona boshqaruvini ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga, ta’sis xujjatlariga va ichki xujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yuli bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya xisobi va moliyaviy xisobotda aks ettirilishining to‘liqligini va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarning amalga oshirishning belgilangan qoidalar va tamoyillarga mosligini tekshirish.
Korxonalarda ichki auditorlik xizmatiga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatilishi mumkin:

  • har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha xar oy, chorak va hisobot yili yakunlari bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazi yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish;

  • tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun xujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;

  • buxgalteriya xisobini yuritishda va moliyaviy xisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun xujjatlari masalalari bo‘yicha maslaxatlar berish;

  • texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda xamda auditorlik tekshirishlarni o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko‘maklashishdan iborat.

  • Korxonaning ichki auditorlik xizmati quyidagi xuquqlarga ega:

  • ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha korxonaning xujjatlarini, korxona mansabdor va ma’sul shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;

  • ichki auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

  • Ichki auditorlik xizmati quyidagilarga majbur:

  • moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;

  • ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish;

  • korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

  • aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.


Download 142.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling