Bosh hisobchi: Xudoyarov N


Korxonaning hisob siyosati, qoidalari, tamoyillari va yondashish xususiyatlari


Download 142.05 Kb.
bet5/23
Sana09.06.2023
Hajmi142.05 Kb.
#1471944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Хисобот БХ 119 lotin1

4. Korxonaning hisob siyosati, qoidalari, tamoyillari va yondashish xususiyatlari
"SAM XISOB MARKAZ" XK ning 2017-2022-yillarga muljallangan xisob siyosati O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga asoslanib, jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Xisobining Milliy standartlari;
- Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiklangan « Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom;
- va boshka me’yoriy xuquqiy xujjatlar asosida yuritiladi.
"SAM XISOB MARKAZ" XK ham o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqqan. Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma’lum shakl va tarkibga ega bo‘lishi kerak. 1-son BHMSning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z aksini albatta topishi lozim:

  • Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari;

  • Amortizatsiyani hisoblash usullari;

  • Rezervlarni tashkil qilish;

  • Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari;

  • Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan xarajatlarni tan olish va hisobga olish;

  • Tannarxni kalkulyasiya qilishning usullari;

  • Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi;

  • Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari;

  • Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi.

Ishchi schetlari rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy elementi sifatida rahbar tomonidan tasdiqlanadi va qo‘llaniladi. Tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda turli baholash usullari qo‘llaniladi. Ularning asosiy sirasiga FIFO, LIFO va AVEKO usullari kiradi.
"SAM XISOB MARKAZ" XK o‘zining hisob siyosatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda FIFO usulidan foydalanadi. FIFO - bu kirim qilingan tovar-moddiy boyliklarni ularning kirim ketma-ketligida hisobdan chiqarish usuli, ya’ni ushbu usulda birinchi kirim qilingan tovar-moddiy boylik birinchi chiqim qilinishidir.
"SAM XISOB MARKAZ" XK 21-BHMSda belgilangan schetlar rejasidan foydalaniladi va qushimcha tarzda quyidagi schyotlar (ishchi schyotlar) kiritilgan:
0120 – Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130 – Mashina va asbob-uskunalar
0160 – Transport vositalari
0230 – Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi
0810 – Tugallanmagan qurilish
1010 – Xom-ashyo va materiallar
1050 – Qurilish materiallari
2010 – Asosiy ishlab chiqarish
2810 – Ombordagi tayyor mahsulotlar
2910 – Ombordagi tovarlar
2980 – Savdo ustamasi
4410 – Daromad solig‘i (bo‘nak to‘lovi)
4411 – YAgona soliq to‘lovi (bo‘nak to‘lovi)
4412 – Qo‘shilgan qiymat solig‘i (NDS) (bo‘nak to‘lovi)
4521 – Byudjetdan tashqari fondga o‘tkazmalar (bo‘nak to‘lovi)
4524 – YAgona ijtimoiy to‘lov (bo‘nak to‘lovi)
4530 –INPSga o‘tkazmalar (bo‘nak to‘lovi)
4890 – Boshqa debitorlar qarzlari
5110 – Hisob-kitob schyoti
5910–Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar
6010 – Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar
6410 – Daromad solig‘i
6411 – YAgona solqhiq to‘lovi
6412 – Qo‘shtlgan qiymat solig‘i (NDS)
6520 – Byudjetdan tashqari pensiya fondiga o‘tkazma
6523 – Kamolot fondiga o‘tkazma
6524 – YAgona ijtimoiy to‘lov
6710 – Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar
6990 – Boshqa majburiyatlar
6820 – Qisqa muddatli qarzlar
7810 – Uzoq muddatli bank kreditlari
8300 – Ustav kapitali
8400 – Qo‘shilgan kapital
8710- Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi.
8910 – Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari
9610 – Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar
9810 –Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar

  1. –YAkuniy moliyaviy natija




Download 142.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling