Bosh ilmiy metodik markazi


Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti


Download 2.48 Mb.
bet5/25
Sana27.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1726985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti. Bitiruv ishining ob’ekti bo‘lib “Universitet 3.0” modelida bilimlarni tarqatish,generatsiyalash va tijoratlashtirish yo’llari mavzusi doirasidagi o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab shiqish va uning arorida modul tizimida o‘qitish jarayonlarini tashkil etish, hamda pedagogik, ilmiy-metodik tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonlarini asoslash bilan belgilanadi.
Universitet 3.0» modelini joriy etish doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish muammolari mavzusini tadqiq etish jarayonida rivojlangan davlatlar tajribasi va usullarini o‘rganish tadqiqotning ppedmetini tashkil qiladi.
Bitiruv ishining maqsadiUniversitet 3.0” modelida bilimlarni tarqatish, generatsiyalash va tijoratlashtirish mavzusini yanada keng targ‘ib qilish yuzasidan taklif va ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab shiqishdan iboratdir.
Bitiruv ishining asosiy vazifalari: “Universitet 3.0 modelini” ning ilmiy-pedagogik, innovatsion tadqiqotlar, ularni tijoratlashtirish va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga ta’sirining ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilish;
-oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish;
-“universitet 3.0 konsepsiyasi yuzasidan zarur ko‘nikma va malaklarni tarkib toptirish; -mavzu doirasida: ilm-fan, innovatsiya, ishlab shiqarishga oid ko‘rsatmalarni ishlab shiqish;
Loyiha ishini tayyorlashdagi o‘rganilganlik darajasi. Loyiha ishini tayyorlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”ning ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy majlisga murojaatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish shora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, soha pedagog-olimlari M.Sharifxo‘jaev, S.G‘ulomov, R.I.Nurimbetov, M.Gonsharov, G.Idrisov, A.L.Kudrin, E.S.Rojkova, M.Yo‘ldoshevlar tomonidan yozilgan o‘quv qo‘llanma va ilmiy-metodik ishlaridan unumli foydalanilgan.
Pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim metodlari –O‘.Tolipov, M.Usmonboeva, J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov, R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov va A.Pardaevlarning pedagogik ta’lim texnologiyalari bo‘yisha nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalarida keng o‘rin olgan. Bitiruv ishini tayyorlashda ushbu manbalardan foydalanildi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling