Bosh ilmiy-metodik markazi


Download 449.5 Kb.
bet11/31
Sana13.04.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1354071
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
3 3 Она тили ва адабиётни касбга йўналтириб ўjитишни лойиhалаштириш

-asar yuzasidan yagona xulosaga kelinmaydi, asar haqida har bir talabaning o‘z xulosasi bo‘lishiga e’tibor qaratiladi;
-o‘rganishga berilgan asarlar uning qahramonlari orqali talabalar insonni his qilishga, shu orqali o‘zligini tanishga o‘rgatiladi;
-o‘rganiladigan asarlarda aks etgan ilg‘or qarashlar, yuksak fikrlarning ahamiyati anglatiladi;
-o‘rganishga berilgan asarlar talabalarlarning dunyoqarashi, ma’naviyati va e’tiqodining shakllanishi, kengayishini ta’minlashga qaratiladi. Shu orqali talabalarlarda o‘z xatti-harakatiga baho bera olish, o‘z-o‘zini anglash, o‘zgalarni tushunish, hissiy sezish, atrof-muhitga, atrofdagi odamlarga nisbatan e’tibor, insoniylik qadr-qimmatini anglash va hurmat qilish hissi rivojlantiriladi;
-oriyat, jasurlik va mardlik tuyg‘usi, burch mas’uliyati shakllantirib boriladi.»
Biz dasturda «Adabiyot» o‘quv fani ta’limiga qaratilgan keng e’tibordan mamnunmiz. Biroq «Ona tili» o‘quv fani yuzasidan yetarlicha metodik tavsiyalarning berilmasligi, vazifalarning belgilanmasligi, bizningcha, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ona tili ta’limi maqsadining ijtimoiy buyurtma sifatidagi mohiyati to‘la anglab olinmaganligidandir. Vaholanki, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari onа tili tа’limi оldidа quyidаgi bоsh mаqsаd turаdi: o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari оnа tili mаshg‘ulоtlаri o‘quvchilаrdа ixtisosiy ijоdiylik, mustаqil fikrlаsh, ixtisosiy (ijоdiy) fikr mаhsulini nutq vaziyatiga mоs rаvishdа og‘zaki/yozmа shаkllаrdа to‘g‘ri, rаvоn ifodаlаsh madaniyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirishgа qаrаtilishi lоzim.
Dasturda: «…umumiy o‘rta maktab... ta’lim bosqichida chuqur o‘zlashtirilmagan bilimlarni singdirishga e’tibor berilgan»ligi ta’kidlanadi. Bizningcha, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejilarida ona tili ta’limi mazmuni yuqoridagi dasturda ko‘rsatilganidek: «umumiy o‘rta maktab... ta’lim bosqichida chuqur o‘zlashtirilmagan bilimlarni singdirishga», ya’ni o‘rta umumta’lim bosqichida ona tilidan «to‘la amalga oshmay qolgan (?)» ijtimoiy buyurtmani bajarishga emas, aksincha, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari onа tili tа’limi оldidа turgan bоsh mаqsаd (o‘quvchida ijodiy ruhdagi ixtisosiy nutq madaniyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirish)ga qaratilmog‘i zarur.
Shunday ekan, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejilari ona tili ta’limida nafaqat mazmun, ona tili ta’limi usuli ham, ona tili ta’limi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositalari ham va sinf-u sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qituvchi~o‘quvchi munosabatlari ham «o‘quvchida ixtisosiy nutq madaniyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirish»ga to‘la qaratilmog‘i ijtimoiy buyurtma talabidir. (Dasturni sinchiklab qarasak, «Adabiyot» o‘quv fanining maqsad va vazifalari ijtimoiy buyurtma talablariga bir qadar muvofiqligini kuzatamiz. Shu o‘rinda dastur adabiyotshunos olim tomonidan tuzilganligi yaqqol seziladi.)
Dasturda «Ona tili»dan o‘quvchilar bilimi, malakasi va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar quyidagicha belgilangan:

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling