Bosh ilmiy-metodik markazi


Download 449.5 Kb.
bet2/31
Sana13.04.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1354071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
3 3 Она тили ва адабиётни касбга йўналтириб ўjитишни лойиhалаштириш

Yuldasheva D.N. – BuxDU filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi.
Tuzuvchi:

Axmedov A.R. – BuxDU filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari
nomzodi.
Taqrizchi:

KIRISH

Mazkur ishchi o‘quv dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son va 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmonlari, 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son, 2020-yil 30-sentabrdagi O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “O‘qituvchi va murabbiylar–yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir” nomli nutqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 287-son, 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi.


Dastur doirasida berilayotgan mavzular professional ta’lim tizimi bo‘yicha pedagog kadrlarni malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, uning mazmuni Professional ta’lim sohasida davlat siyosati, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish milliy tizimi, o‘z o‘zini bandligini ta’minlash, qambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishning me’yoriy huquqiy asoslari, o‘qituvchining pedagogik kompetentligi, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, O‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirishga oid bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Malaka oshirish yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda dolzarb masalalaridan kelib chiqqan holda dasturda tinglovchilarning mutaxassislik fanlar doirasidagi bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar takomillashtirilishi mumkin.
Malaka oshirish kursining o‘quv dasturi quyidagi modullar mazmunini o‘z ichiga qamrab oladi:
“Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” moduli bo‘yicha mashg‘ulotlari davomida ona tili va adabiyot ta’limida zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi hamda uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritiladi.

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling