O’qituvchi va murabbiylar yangi o’zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir


Download 6.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.51 Kb.
#1587053
Bog'liq
1-oktabr 2020yil(6)


O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR - YANGI O’ZBEKISTONNI BARPO ETISHDA KATTA KUCH, TAYANCH VA SUYANCHIMIZDIR
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’qituvchi va murabbiylar kuniga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Qadrli muallimlar! Muhtaram ustozlar! Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr o’qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman. Fursatdan foydalanib, sizlarni, joylardagi studiyalarda o’tirgan fidoyi ustozlarimizni, "oynai jahon" orqali bugungi tantanali marosimni ko’rib turgan barcha yurtdoshlarimni ushbu qutlug’ ayyom bilan samimiy muborakbod etaman. Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo’lsak, bu yutuqlardan sizlarning beqiyos xissangiz borligini doim minnatdorlik bilan e’tirof etamiz. Alohida e’tiborimiz markazida turibdi. Shu maqsadda maktablarni zarur tibbiy va antiseptik vositalar bilan ta’minlash uchun Inqirozga qarshi kurash jamg’armasidan 17 milliard so’m mablag’ ajratildi. Xabaringiz bor, bu yil 1,5 millionga yakin yoshlarimiz oliy o’quv yurtlariga kirish uchun xujjat topshirdi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 40 foizga ko’p demakdir. Biz mana shunday og’ir vaziyatda test sinovlarini ochiq stadionlarda, epidemiologik xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilgan holda, muvaffaqiyatli o’tkazishga erishdik. Buyuk davlat arbobi Indira Gandining "Bitta qiz bolani o’qitsangiz, butun oilani o’qitgan bo’lasiz", degan so’zlarida katta hayotiy haqiqat borligini albatta azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat tadbiri bo’lganini ko’ramiz boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo’lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi.

YUKSAK MUKOFOTLAR MUBORAK!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida" gi 2020 yil 30 sentyabrda qabul qilgan farmoniga muvofiq mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o’quv-tarbiya jarayoniga ilgor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo’shgan munosib xissasi, o’quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o’rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol qoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo’lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar. Ular orasida viloyatimiz vakillari ham bor. Bog’ot tumanidagi 12-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Tillaeva Feruza Raximovna II darajali "Sog’lom avlod uchun" ordeni bilan, Xazorasp tumanidagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining informatika fani o’qituvchisi Tojiev g’ulomjon Axmedovich "Do’stlik" ordeni bilan, Xorazm viloyati xalk ta’limi boshqarmasi boshlig’i Bektemirov Xamro Solaevich, Xiva shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o’qituvchisi Davlatova Marxabo Komilovna "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan, Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-internatining tarix fani o’qituvchisi Allamova Nazakat Azadovna, Urganch shahridagi 22-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-A sinf rahbari, milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Atajanov Sarvar Sultanbaevich, Urganch tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Kutlieva Iroda Allaberganovna, Qo’shko’pir tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Ro'zmetova Sevara Achilovna, Xonqa tumanidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi Egamberdieva Dilbar Raximberdievna "Shuxrat" medali bilan mukofotlandilar. Yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni qutlaymiz!1

1 Xorazm xaqiqati 1-oktabr 2020yil

Download 6.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling