O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1035928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5238005139104602493


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI

Fizika yo‘nalishi 20.10-guruh talabasi


Toshpo’latova Yoqutxon Hamidjon qizining
“Magnit maydonining asosiy xossalari va xarakteristikalari.” mavzusidagi
KURS ISHI


Kurs ishi rahbari: A.Qo’chqorov
Bajardi: Y.Toshpo’latova

MUNDARIJA




KIRISH
O’qituvchi va murabbiylar-yangi O’zbekistonni barpo etishda katta kuch,tayanch va suyanchimizdir”
Sh.M.Mirziyoyev
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha bir qator qarorlar belgiladi.Bu qarorlar fizika fani bo‘yicha malakali kadrlarni,ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini shuningdek,iqtidorli yoshlarni aniqlash ,ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishga katta xizmat qiladi.
Magnit maydoni tabiatdagi ko‘plab hodisalarni tushuntirishda foydalaniladi.
Masalan, tabiatdagi ba’zi metall birikmalarining bir-biriga tortilishi,kompasning ishlash prinsipini,qutb yog‘dusini va shu kabi bir qator hodisalarni olishimiz mumkin.
Magnit maydon xarakteristikalarini va jismlarning magnit xossalarini o‘lchashda magnitometr asbobidan foydalaniladi. Bu asbob geologiya-qidiruv ishlarida, arxeologik topilmalarni qazib olishda, dengiz va aviatsiya xaritalarida (navigatsiyalarda), suvosti kemalarini aniqlash uchun harbiy razvedkalarda, seysmologiya va ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladi. Mana shu sabablarga ko‘ra ushbu mavzuni o‘qitish dolzarb hisoblanadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling