O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet4/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1035928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5238005139104602493

1.2. Magnit maydon manbalari.
Magnit maydonlarning barcha manbalarini sun’iy va tabiiyga bo‘lish mumkin. Magnit maydonning asosiy tabiiy manbalari Yerning magnit maydoni va quyosh shamolidir. Barcha sun'iy manbalar elektromagnit maydonlar kiradi.
Yer sayyorasining o‘zi bitta katta magnitdir. U magnit kuchlari hukmron bo‘lgan shar bilan o‘ralgan. Ilmiy tadqiqotchilarning katta qismi Yerning magnit maydoni yadro tufayli paydo bo‘lgan deb ta’kidlaydi. U suyuq qobiq va qattiq ichki tarkibga ega. Sayyora aylanganligi sababli suyuqlik qismida cheksiz oqimlar paydo bo‘ladi va elektr zaryadlarining harakati sayyora atrofida zararli kosmik zarralardan, masalan, quyosh shamolidan himoya to‘siq bo‘lib xizmat qiladigan maydon hosil qiladi. Maydon zarrachalarning yo‘nalishini o‘zgartiradi, ularni chiziqlar bo‘ylab yuboradi.
Tabiatdagi go‘zal hodisalardan biri –qutb yog‘dusidir.Qutb yog‘dusi Yerning shimoliy va janubiy qutblari yaqinida yer yuzida 80-1000 km. gacha balandlikda ro‘y beradi(1.2.4-rasm).
1.2.4-rasm. Qutb yog‘dusi.
Bunga sabab , sabab yer sharining ulkan magnitdan iborat ekanligidir. Quyosh nurlarining zaryadlangan,o‘ta kuchli oqimlari sayyoramizga yetib kelganda, qutblarda og‘adi. Demak,Yerning magnit maydoni himoya qobig‘i vazifasini bajaradi. Kompas strelkasi yoki ipga osilgan doimiy magnit janubdan shimolga tomon yo‘nalish bo‘ylab joylashadi(1.2.5-rasm).

1.2.5-rasm. Kompas.
Bu yerning magnit kuch chiziqlari shimoliy magnit qutbdan janubiy magnit qutbga tomon yo‘nalganligi,ya’ni yer sharining magnit maydon bilan o‘ralganligi orqali izohlanadi. Agar biz kompasni kuch chiziqlarining ixtiyoriy nuqtasiga qo‘ysak kompas strelkasi shu chiziqlar yo‘nalishida burilib qoladi. Demak, kompas bizga “yo‘l ko‘rsatmaydi”,u biz turgan joyga nisbatan Yer sharining shimoliy va janubiy geografik qutblarini ko‘rsatadi.
Yer magnitining oʻqi yerning aylanish oʻqiga nisbatan 12° ga qiyshaygan. U Yer markazidan taxminan 400 km uzoqlikda joylashgan. Bu o‘qning sayyora yuzasini kesishgan nuqtalari magnit qutblar.
Yerning janubiy magnit qutbi (S) 750 shimoliy kenglik va 990 g‘arbiy uzunlik yaqinida, Yer sharining shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km uzoqlikda joylashgan.
Shimoli magnit qutbi (N) esa Yerning janubiy geografik qutbi yaqinida bo‘lib,66,50janubiy kenglik va 1400 sharqiy uzunlikda joylashgan(1.2.6-rasm).


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling